foydasiga bo‘lishini bilajaksiz». Shubhasiz, zolim kimsalar najot topmaslar.
136. (Mushriklar) Alloh uchun Uning O’zi yaratgan ekin va chorvalardan bir
ulush ajratib, o‘zlaricha: «Bu Alloh uchun, bu (qolgani) esa butlarimiz uchun»,
dedilar. Endi butlari uchun bo‘lgan ulush Alloh (ulushiga) qo‘shilmaydi. Alloh
uchun bo‘lgan ulush esa butlariga qo‘shilaveradi. Naqadar yomon hukm
chiqaradilar-a!
137. Shuningdek, shaytonlari mushriklarni halok etish va dinlarini chalkashtirib
yuborish uchun ulardan ko‘plariga bolalarini o‘ldirishni (ya’ni, o‘z butlari uchun
qurbon qilishni) chiroyli ko‘rsatib qo‘ydi. Agar Alloh xoxlaganida bu ishni
qilmagan bo‘lur edilar. Bas, ularni tuhmat-bo‘htonlari bilan tark qiling!
138. Ular o‘zlaricha: «Mana bu hayvon va ekinlar harom, ularni faqat biz
xoxlagan kishilargina (ya’ni butxona xizmatchilari va er kishilargina) yeydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |