ketayotgandek, tor va tang qilib qo‘yar. Shuningdek, Alloh iymonsiz kimsalarga
razolatni (g‘olib) qilur.
I z o h .
Mazkur oyat Qur’on osmondan tushganligining dalillaridan biridir. Darvoqe,
Makka va uning atroflari cho‘lu sahrolardan iborat bo‘lib, u yerlarda baland tog‘lar
yo‘qdir. Bu oyatda esa osmonga ko‘tarilayotganda dilning tor va tang bo‘lishi, ya’ni nafas
olish qiyinlashishi aytilmoqda. Osmonga ko‘tarilgan sari havo siyraklashib, nafas olish
qiyinlashishini bilish uchun esa yo baland toqqa chiqib ko‘rish, yoki uchoqlarda uchish
kerak. Makka sharoitida esa har ikki imkoniyat ham yo‘q edi. Demak, bu oyatlar
yerninggina emas, balki osmonlarning ham sir-asroridan xabardor bo‘lgan zot tarafidan
kelgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |