qilguvchi kimsalar o‘zlari qilib o‘tgan gunohlariga jazo olajaklar.
121. Allohning nomi zikr qilinmagan narsalardan yemangiz! Zotan, bu ish
itoatsizlikdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlarini (ya’ni mushriklarny) sizlar bilan
janjallashishlari uchun vasvasaga solurlar. Agar ularga bo‘yinsunsangizlar,
hech shak-shubhasiz mushriklardan bo‘lib qolursizlar.
122. Avval o‘lik (kofir) bo‘lgan, so‘ngra biz uni (dinga hidoyat qilish bilan)
tiriltirib, unga odamlar orasida o‘zi bilan birga olib yuradigan nurni (iymonni)
berib qo‘yganimiz bir kishi — zulmatlarda qolib ketgan va undan hech chiquvchi
bo‘lmagan kimsaga o‘xshaydimi?! (Mo‘minlarga iymonlari qanday chiroyli
ko‘rinsa), kofirlarga ham qilayotgan amallari ana shunday chiroyli qilib
ko‘rsatib qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |