87. Ularning ota-bobolaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan (ko‘plarini ham
afzal qildik). Hamda ularni saylab, To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik.
88. Bu Allohning hidoyati bo‘lib, u bilan bandalaridan O’zi xohlagan kishilarni
hidoyat qilur. Agar ular mushrik bo‘lganlarida kilgan amallari behuda ketgan
bo‘lur edi.
89. Ana o‘sha zotlarga Kitob, Hikmat va payg‘ambarlik berganmiz. Bas, agar bu
oyatlarni ana ular (ya’ni Makka mushriklari) inkor etsalar, Biz bu oyatlarni
inkor qilmaydigan qavm (ya’ni mo‘min-musulmonlar) uchun tayyorlab
qo‘yganmiz.
90. Ana o‘sha (yuqorida mazkur bo‘lgan zotlar) Alloh hidoyat qilgan kishilardir.
Bas, o‘shalarning yo‘llarigagina ergashing! Ayting (ey Muhammad); «Men
Do'stlaringiz bilan baham: |