Qur’oni karim.
Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
107
barcha narsani O’z ilmi bilan qamrab olgandir. Eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!»
dedi.
81. Sizlar (Alloh) biron hujjat tushirmagan butlarni Allohga shirk qilishdan
qo‘rqmaysiz-u, men sizlar Allohga sherik qilib olgan butlaringizdan qanday
qo‘rqay?! Agar bilsangiz (ayting-chi), qaysi guruh (qo‘rqmay) xotirjam
bo‘lishga haqliroq?»
82. Iymon keltirgan, o‘z iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar
— ana o‘shalar xotirjam bo‘lguvchidirlar va o‘shalar hidoyat topguvchidirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: