va (barcha narsadan) xabardor bo‘lgan zotdir.
74. Eslang (ey Muhammad), Ibrohim otasi Ozarga: «Butlarni xudo qilib
olyapsanmi? Men seni va qavmingni ochiq zalolatda deb bilaman», degan edi.
75. Shunday qilib Ibrohimga (o‘zi uchun hujjat qilib olishi) va aniq
ishonuvchilardan bo‘lib qolishi uchun osmonlar va yer mamlakatlarini
ko‘rsaturmiz.
76. Bas, qachonki uni tun o‘rab olganida yulduzni ko‘rib: «Mana shu
Parvardigorim», dedi.
I z o h .
Ibrohim alayhis-salom bu so‘zlarni e’tiqod qilib emas, balki yulduz, oy va
quyoshni iloh deb sig‘inayotgan mushriklarga tanbeh bo‘lsin, deb aytgandirlar.
U botib ketgach: «Botib ketguvchilarni suymayman», dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |