zotdir». Qarang, anglab yetarmikanlar, deb oyatlarimizni qanday bayon
qilmoqdamiz
66-67. Qavmingiz uni (ya’ni Qur’onni) yolg‘on dedi. Holbuki, u haqdir. Ularga
ayting: «Men ustingizda vakil — qo‘riqchi emasman. Har bir xabarning o‘z o‘rni
bor. Yaqinda bilajaksiz».
68. Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga) kirishayotgan kimsalarni
ko‘rsangiz, to boshqa gapga kirishgunlaricha ulardan yuz o‘giring! Endi agar
shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan so‘ng bu zolim qavm bilan birga
o‘tirmang!
69. Taqvo qilguvchi zotlar zimmasida u (qavm)ning hisob-kitobidan hech narsa
yo‘q, lekin ular (oyatlarimizni masxara qilishdan) saqlanishlari uchun eslatib
qo‘ymoq (lozimdir).
Do'stlaringiz bilan baham: |