bo‘lmay qolurman».
57. Ayting: «Men Parvardigorim tarafidan (Uning yolg‘iz ma’bud ekanligi
xususida) aniq hujjatga egaman. Sizlar esa uni yolg‘on dedingiz. Sizlar
shoshtirayotgan narsa (ya’ni Allohning azobi) mening ilgimda emas. Hukm
qilish faqat Allohning O’ziga xosdir. U faqat haqni so‘ylar. U (haq bilan
nohaqni) ajratguvchilarning eng yaxshisidir.
58. Ayting: «Agar sizlar shoshtirayotgan narsa mening ilgimda bo‘lganida edi,
albatta sizlar bilan o‘rtamizdagi ish tugagan bo‘lur edi (ya’ni men sizlarni
darhol azoblagan bo‘lur edim). Alloh zolimlarni juda yaxshi bilguvchidir».
59. G’ayb ochqichlari Uning huzuridadirkim, ularni yolg‘iz O’zigina bilur. U
quruqlik va dengizdagi bor narsalarni bilur. Biron barg shoxidan uzilib
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
105
Do'stlaringiz bilan baham: |