tushmas, magar U bilur. Yer tublaridagi har bir don, bor ho‘lu quruq narsa,
albatta, Ochiq Kitobda (ya’ni Allohning ilmi azaliysida) mavjuddir.
60. U kechasi «joningizni oladigan» (ya’ni uyqu beradigan), kunduzi qilgan
ishingizni biladigan zotdir. So‘ngra aytilgan ajal (yashash uchun berilgan
muhlat) ado qilinishi uchun unda (ya’ni kunduzi) sizlarni «tiriltirur». Keyin
O’ziga qaytishingiz bordir. So‘ngra sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning
xabarini berur.
61. U bandalari ustida g‘olib bo‘lgan zotdir. Ustingizga (qilgan amallaringizni)
yodlab olguvchi farishtalarni elchi qilib yuborur. Qachonki birovingizga o‘lim
kelsa, elchilarimiz, sustkashlik qilmagan hollarida, uning jonini olurlar.
62. So‘ngra (bandalar) haqiqiy hojalari — Allohga qaytarilurlar. Ogoh
Do'stlaringiz bilan baham: |