54. Qachon sizning oddingizga Bizning oyatlarimizga iymon keltiradigan zotlar
kelsalar: «Sizlarga tinchlik bo‘lsin, Parvardigoringiz O’z zimmasiga rahmat
qilishni yozgandir. Sizlardan kim bilmasdan biron yomonlik (gunoh) qilsa,
so‘ngra o‘sha yomonligining ketidan tavba qilib, (o‘zini) tuzatsa, bas, (gunohi
kechiriladi), albatta (Alloh) mag‘firatli, mehribondir», deb ayting.
55. (Haqiqiy mo‘minlar kimlar ekani ma’lum bo‘lishi) va jinoyatchi
kimsalarning yo‘li oshkor bo‘lishi uchun oyatlarimizni mana shunday mufassal
qilurmiz.
56. Ayting: «Men Allohdan o‘zga – sizlar iltijo qilayotgan butlarga bandalik
qilishdan qaytarilganman». Ayting: «Sizlarning havoyi-nafslaringizga
ergashmayman. Zero u holda yo‘ldan ozurman va hidoyat topguvchilardan
Do'stlaringiz bilan baham: |