77. Bas, qachonki chiqayotgan oyni ko‘rgach: «Mana shu Parvardigorim», dedi.
U ham botib ketgach: «Qasamki, agar Parvardigorimning o‘zi meni hidoyat
qilmasa, yo‘ldan ozgan qavmdan bo‘lib qolurman», dedi.
78. Bas, qachonki chiqayotgan quyoshni ko‘rgach: «Mana shu Parvardigorim.
Mana shu kattaroq-ku!» — dedi. U ham botib ketgach: «Ey qavmim, men
sizlarning shirkingizdan pokman.
79. Men haq yo‘lga moyil bo‘lgan holimda, yuzimni osmonlar va yerni yaratgan
zotga qaratdim va men mushriklardan emasman», dedi.
80. Qavmi u bilan tortishgan edi: «Men bilan Alloh xususida tortishasizmi?!
Axir (Uning O’zi) meni hidoyat qildi-ku?! Men sizlar Allohga sherik qilgan
butlaringizdan qo‘rqmayman. (Chunki u butlar hech qanday ziyon yetkaza
Do'stlaringiz bilan baham: |