narsaga iltijo qilamizmi va Alloh bizni hidoyat qilganidan so‘ng yana ortimizga
qaytarilamizmi? Xuddi jinlar chalib, lol-hayron holda (noma’lum) yerga olib
ketgan va do‘stlari: «Kel», deb hidoyatga chorlayotgan kimsaga o‘xshab-a?»
Ayting: «Allohning hidoyatigina haq hidoyatdir. Biz barcha olamlar
Parvardigoriga bo‘yinsunishga ma’murmiz (amr etilganmiz).
72. (Bizlarga) «Namozni to‘kis ado qilingiz va (Allohdan) qo‘rqingiz» (deb
buyurilgandir). U (hammangiz qiyomat kunida) huzuriga to‘planadigan zotdir.
73. U osmonlar va yerni haqqi rost yaratgan zotdir. U: «Bo‘l», degan kuni
(barcha narsa paydo) bo‘lur. Uning so‘zi haqdir. Sur chalinadigan (ya’ni
qiyomat qoyim bo‘ladigan) kunda podshohlik yolg‘iz Unikidir. U g‘ayb va
shahodatni (ya’ni yashirin va oshkora narsalarni) bilguvchidir. U hikmat sohibi
Do'stlaringiz bilan baham: |