96. (U zulmatni yorib) tongni chiqarguvchidir. U kechani sukunat – orom qilib
qo‘ydi, quyosh va oyni esa hisob o‘lchovi qildi. Bu qudratli va bilguvchi zotning
o‘lchovidir.
97. U quruqlik va dengiz zulmatlarida yo‘l topishingiz uchun sizlarga
yulduzlarni yaratib qo‘ygan zotdir. Biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil
bayon qildik.
98. U sizlarni bir jondan (Odam alayhis-salomdan) paydo qilgan zotdir. Bas,
(sizlar uchun ona qorni) qarorgoh va (ota pushti) omonat turadigan joydir.
Anglaydigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
99. U osmondan suv tushirgan zotdir. Bas, u suv yordamida har turli nabototni
chiqardik. Undan esa giyoxlarni chiqardik. Undan (giyohdan) ustma-ust bo‘lgan
donlarni (ya’ni boshoqlarni) chiqarurmiz. Xurmo novdalaridan (yig‘ib-terib
Do'stlaringiz bilan baham: |