hollarida tark eting!
92. Bu (Qur’on) bir muborak, o‘zidan oldingi kitoblarni tasdiqlaydigan, barcha
qishloqlar (va shaharlarning onasi – markazi bo‘lmish (Makka ahlini) hamda
uning atrofidagi kishilarni (oxirat azobidan) ogohlantirishingiz uchun O’zimiz
nozil qilgan Kitobdir. Oxiratga iymon keltiradigan kishilar unga ham iymon
keltiradilar va ular namozlarini o‘z vaqtida ado qiladilar.
93. Alloh sha’niga yolg‘on to‘qigan yoki o‘ziga hech narsa vahiy qilinmagan
holda: «Menga vahiy keldi», degan hamda: «Alloh nozil qilgan narsaning
mislini (o‘xshashini) men ham nozil qila olaman», deb da’vo etgan kimsalardan
ham zolimroq kim bor? (Ey Muhammad), bu zolimlarni o‘lim girdobida qolgan,
o‘lim farishtalari qo‘llarini cho‘zib: «Jonlaringizni beringiz! Bu kun — Alloh
Do'stlaringiz bilan baham: |