19. Ey mo‘minlar, sizlar uchun xotinlarni majburiy xolda meros qilib olish
durust emasdir.
I z o h.
Islom kelishidan ilgari biron ayolning eri o‘lsa, marhum egalaridan biri u ayolni
majburiy holda xotin qilib olishi lozim edi. Islom bu nomaqbul odatni man’ qildi.
Va (agar birga yashash niyatingiz bo‘lmasa) bergan mahrlaringizning bir
qismini qaytarib olish uchun xotinlaringizni (boshqa erga tegishdan) to‘sib
turib olmanglar! Magar ular ochiq buzuqlik qilsalar (u holda bergan mahringizni
qaytarib olishingiz mumkin). Ular bilan tinch-totuv yashanglar. Agar ularni
yomon ko‘rsangizlar ham (sabr qilib inoq holda yashayveringlar). Zero, sizlar
yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin.
I z o h.
Islomdan ilgari biron ayolning eri yomon ko‘rib, ko‘ngilsiz bo‘lib qolsa, u ayolga
turli tazyiqlar o‘tkazib, jonidan to‘yg‘izar, lekin talog‘ini bermas edi. Qachonki u eridan
olgan mahrini yo hammasini, yoki bir qismini qaytarib bersagina taloq qilar edi. Islom bu
odatga ham barham berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |