20. Agar bir xotinni qo‘yib, boshqa xotinga uylanmoqchi bo‘lsangizlar,
avvalgisiga sanoqsiz molu dunyoni (mahr qilib) bergan bo‘lsangiz-da, undan
biron narsani qaytarib olmangizlar! Uni bo‘hton va ochiq gunoh bilan olasizmi?
21. Axir bir-biringiz bilan qo‘shilib, ular (ya’ni xotinlaringiz) sizlardan qat’iy
ahd-paymon olganlaridan so‘ng qanday qilib uni (ya’ni maxrni) qaytarib
olasiz?!
22. Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang! Magar ilgari o‘tgan
bo‘lsa, (uylangan bo‘lsangiz, Alloh afv etar). Albatta bu xunuk va jirkanch
bo‘lgan yomon qiliqdir.
23. Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz,
xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan
Do'stlaringiz bilan baham: |