13. Mana shu Allohning (belgilab qo‘ygan) hadlaridir. Kim Alloh va uning
payg‘ambariga itoat etsa, uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga
kiritib, o‘sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu katta zafardir.
14. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga itoatsizlik qilib Allohning belgilab
qo‘ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga
kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir.
15. Xotinlaringizdan qaysi bir ayol fohishalik qilsa, unday ayollarning ustida
o‘zlaringizdan bo‘lgan to‘rt kishini guvoh qiling. Agar ular guvohlik bersalar, to
bu ayollarga o‘lim kelguncha yoki Alloh biror yo‘lga solguncha ularni uylarida
saqlangiz!
I z o h.
Bu va quyidagi oyatdagi hukmlar zinokor ayollar va bachchavoz erkaklar uchun
buyurilgan muvaqqat jazo edi. Keyinroq nozil bo‘lgan «Nur» surasida bu mavzuga keng
o‘rin berilgan va zino qiluvchi erkak va ayolni agar oilasiz bo‘lsa, yuz darra urish, oilali
bo‘lsa, toshbo‘ron qilish hukmi qat’iy, doimiy qilib belgilab qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |