10. Yetimlarning mollarini zulm yo‘li bilan yeydigan kimsalar hech shak-
shubhasiz qorinlariga olov yegan bo‘lurlar. Va albatta do‘zaxga kirajaklar!
11. Alloh farzandlaringizga (tegishli meros) haqida bir o‘g‘il uchun ikki qiz
ulushi barobarida meros berishni amr qilur. Agar merosxo‘rlar ikkidan ortiq
ayol bo‘lsa, ularga er qoldirgan narsaning uchdan ikkisi, agar yakka qiz bo‘lsa,
unga (merosning) yarmi tegur. Agar marhumning farzandi bo‘lsa, ota-
onasining har biriga qoldirgan merosidan oltidan biri tegur. Endi agar farzand
bo‘lmay, faqat ota-onasi (merosxo‘r) bo‘lsa, u holda onasiga uchdan bir tegur
(qolgani otasiga qoladi). Agar uning aka-ukalari bo‘lsa, onasiga oltidan bir
tegur (qolgan qismi otasiga tegadi, zero, marhumning aka-ukalarini yedirib-
kiydirish va uylab-joylash otaning zimmasidadir. Bu taqsimotlar) marhum
qilgan vasiyat va uning qarzlari ado etilganidan keyin bo‘lur. Ota-onalaringiz va
Do'stlaringiz bilan baham: |