turinglar. Agar ularning es-hushlari joyida ekanini ko‘rsangiz, mollarini
o‘zlariga topshiringlar. U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin,
deb shoshilib yeb qo‘ymanglar. (Yetimni otaliqqa olgan kishi) agar boy bo‘lsa,
(etimning molidan) parhez qilsin. Bordiyu kambag‘al bo‘lsa, yaxshilik bilan
(ya’ni qilgan xizmatiga yarasha) olib yesin. Mol-mulklarini o‘zlariga
qaytarganingizda esa guvoh keltiringlar. Allohning o‘zi yetarli hisob-kitob
qilguvchidir.
7. Erkaklar uchun ota-onalar va qarindosh-urug‘lari qoldirib ketgan merosdan
ulush bordir. Ayollar uchun ham ota-onalari va qarindosh-urug‘lari qoldirib
ketgan merosdan ulush bordir. Bu ulushlar ozmi-ko‘pligidan (qat’iy nazar) farz
qilingan haqlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |