8. Meros taqsimida uzoq qarindoshlar, yetim va miskinlar ham hozir bo‘lsalar,
ularni ham shu merosdan bahramand qilib, yaxshi so‘zlar aytinglar.
9. (Birovning o‘limiga hozir bo‘lgan) kishilarning o‘zlari ojiz-notavon
farzandlarini qoldirib vafot qilib ketsalar, ulardan xavotir olganlari kabi
(o‘zgalarning yetimlari haqidan ham) qo‘rqsinlar. Bas, Allohdan qo‘rqib (o‘lim
oldidagi kishiga) haq so‘zni aytsinlar!
I z o h.
Bu oyat o‘lim soatlari yaqinlashib qolgan paytida topgan mol-mulkini
farzandlariga qoldirmasdan begonalarga xayr-ehson qilib yuborishni yoki shar’an meros
olish huquqi bo‘lmagan kimsalarga vasiyat qilib ketishni mo‘ljallagan kishilarning bunday
noma’qul niyatlaridan xabardor bo‘lib qolgan odamlar haqida nozil qilingan bo‘lib, ularga
yetimlarning haqlaridan qo‘rqish va o‘lim oldidagi kishiga to‘g‘ri so‘zlarni aytib, uni bu
adolatsiz ishdan qaytarish buyuriladi!
Do'stlaringiz bilan baham: |