BESHINCHI JUZ’
*************************
24. Yana erlik ayollar (ham harom qilindi). Magar (urush-janglarda) ega
bo‘lgan cho‘rilaringiz haloldir.
I z o h .
O’sha davrning odatiga ko‘ra urushda asir tushgan erkaklar qulga, ayollar esa
cho‘riga aylantirilar edi. Bu oyatda garchi asira bo‘lgan ayolning o‘z vatanida eri qolgan
bo‘lsa-da, ma’lum muddat idda saqlagach, hojasi uchun halol bo‘lib qolishi uqtirilmoqda.
(Bu hukmlarni) Alloh zimmangizga farz qilib qo‘ydi. Mana shulardan boshqa
ayollarga zino qiluvchi bo‘lmagan holingizda mollaringizni mahr qilib berish
bilan uylanishga harakat qilish sizlar uchun halol qilindi. Ular bilan nikoh orqali
yaqinlik qilishingiz bilan belgilangan mahrlarini beringiz! Mahr belgilanganidan
Do'stlaringiz bilan baham: |