tayyorlab qo‘yganmiz.
38. Yana mollarini odamlar ko‘rsin, deb ehson qiladigan, o‘zlari esa na Allohga
va na oxirat kuniga iymon keltirmaydigan kimsalarni ham (Alloh sevmaydi).
Kimga shayton do‘st bo‘lsa, u eng yomon do‘st bo‘lur.
39. Agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirsalar va Alloh rizq qilib bergan
narsalaridan ehson qilsalar, ularga qanday zarar bo‘lar edi? Alloh ularning
(qilgan amallarini) bilguvchi bo‘lgan zotdir.
40. Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha
yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va o‘z huzuridan ulug‘ ajr ato qilur.
41. (Ey Muhammad), biz har bir ummatdan (o‘sha ummatning payg‘ambarini)
guvoh keltirganimizda va Sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |