ular kufrlari sababli Allohning la’natiga duchor bo‘lganlar, Bas, ularning
kamdan-kamlari iymon keltiradilar.
I z o h.
Bu oyatdagi «roino va «unzurno» so‘zlarining ma’no va sharxlari Baqara
surasining 104-oyatida mazkurdir.
47. Ey Kitob berilgan kimsalar, yuzlarini buzib teskarisiga aylantirib
yuborishimizdan ilgari yoki ularni «Shanba egalarini» la’natlaganimizdek
la’natlashimizdan (ya’ni maymun va to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘yishimizdan)
ilgari sizlardagi narsa (Tavrot)ni tasdiqlagan holda nozil qilgan Kitobimiz
(Qur’on)ga iymon keltiringiz. Allohning amr-farmoni shubhasiz ado
qilingusidir.
48. Albatta Alloh O’ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas.
Shundan boshqa gunohlarni O’zi xohlagan bandalari uchun kechirur. Kim
Do'stlaringiz bilan baham: |