72. Shubhasiz oralaringizda (jangga chiqishdan) ketda qoladigan, agar sizlarga
biron musibat yetsa, «Alloh yorlaqab ular bilan birga bo‘lmadim», (aks holda
halok bo‘lur edim) deydigan kimsalar ham bor.
73. Bordiyu sizlarga Allohdan fazlu marhamat yetsa (ya’ni g‘alabaga
erishsangiz), u go‘yo (ilgari) sizlar bilan o‘zining orasida hech qanday tanishlik
bo‘lmagandek «koshkiydi, men ham o‘shalar bilan birga bo‘lib, ulug‘ zafar (va
o‘ljalar)ga erishsam edi», deyishi aniqdir.
74. Alloh yo‘lida bu hayoti dunyo evaziga oxiratni sotib oladigan zotlar jang
qilsinlar. Kim Alloh yo‘lida jang qilib o‘ldirilsa yoki g‘alaba qilsa, unga ulug‘
mukofot ato etajakmiz.
75. (Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni
Do'stlaringiz bilan baham: |