44. (Ey Muhammad), kitobdan (ya’ni, Tavrotdan) nasibador bo‘lgan
kimsalarning gumrohlikni sotib olayotganlarini va sizlar ham haq yo‘ldan
toyishingizni istayotganlarini ko‘rmadingizmi?
45. Holbuki, Alloh dushmanlaringizni juda yaxshi bilguvchi, Allohning o‘zi
yetarli do‘st, Allohning o‘zi yetarli yordamchidir.
46. Yahudiy bo‘lganlar orasida shundaylari borki, ular (Tavrot kitobida bo‘lgan
Muhammad alayhis-salom haqidagi) Allohning so‘zini o‘z o‘rnidan
o‘zgartiradilar va tillarini burib, dinga jarohat yetkazish g‘arazida: «Tingladik
va bosh tortdik. Quloq sol, eshitmay qolgur! (roino) Bizga boq», deydilar. Agar
ular «Tingladik va bo‘yinsundik. Bizni ham tinglab (unzurno), bizga ham nazar
qilib tur», deganlarida o‘zlari uchun yaxshiroq va to‘g‘riroq bo‘lur edi. Lekin
Do'stlaringiz bilan baham: |