Islom bankning tamoyillari Bajardi: IKM 71 guruh talabasi Farxodova A Tekshirdi: Tillayev X Islom Banki asosan quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Riba – Foiz to’lamaslilik tamoyili
Maysir – spekulyativ amallarni moliyalashtirmaslik tamoyili
G’arar – ortiqcha riskka yo’l qo’ymaslik tamoyili
Jol – adolatsiz usunlikka ega bo’maslik tamoyili
Rishva – korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik tamoyili
RIBA
Riba degani arabchada foiz berish va foiz olish tushuniladi. Riba berilgan qarzning o’sishi natijasida va berilgan qarzning daromad olishini anglatadi. Bizga ma’lumki, an’anaviy banklarda berilgan kreditdan foydalanish samaradorligidan qat’iy nazar foiz ko’rinishidagi daromad olinadi. Islom banklarida esa, berilgan kreditdan foydalanish natijasida olingan foydaga adolatli sherik bo’lish orqali olinadi
Maysir
Maysir – bu spekulyativ bitim bo’lib, daromad olish maqsadida oldi-sotdi qilishni ko’zda tutadi. Ammo Islom banklarida qimmatli qog’ozlardan daromad olish maqsadida sotib olish va sotishga ruxsat berilmaydi.
G’arar
G’arar – bu shartnomaning muddati yoki predmeti noaniq bo’lgan sharoitda o’zi ega bo’lmagan tovarni sotishga qo’yiladigan taqiqdir. Shariatda shartnomada noaniqlik bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Shartnomadagi barcha ma’lumotlar ya’ni Tovar summasi, tovarning turi, yetqazib berish muddati, to’lash vaqti va boshqa shu kabi ma’lumotlar to’liq namoyon bo’lishi kerak.
Jol tamoyili Ushbu tamoyilda qonunda ruxsat etilgan lekin shariatga zid keladigan natijalarga olib keladigan va amaldagi huquqiy me’yorlardan foydalangan holda raqobat kurashida ustunlikka erishishni ta’qiqlash tushuniladi. An’anaviy Markaziy banklar nazorati ostida bo’lgan banklarda amaliyotdagi holat bilan tamoyillar o’rtasida farq yuzaga keladi. Bunday farqlarni ayniqsa, Rossiya, Turkiya va Qozog’iston davlatlarida ko’rishimiz mumkin. Agar Islom banklari xuddi Sudan, Eron, Pokiston kabi davlatlardagi Islom Markaziy bankining nazorati ostida bo’lsa bunda hech qanaqa farq yuzaga kelmaydi. Negaki Islom Markaziy banki To’liq shariat talablari asosida faoliyat yuritadi. Islom baklari o’rtasida to’laqonli raqobat muhitini shakllanmaganligi adolatsiz ustunlikka ega bo’lmaslik tamoyiliga ziddir. Bundan tashqari, Islom banklarining xorijiy banklarda “NOSTRO” vakillik hisob raqamining ochilishi va Evropa banklari tomonidan foiz to’lanishi ham shariatga ziddir.
Islom banklari orqali o’tqazilayotgan ayrim pul o’tqazmalari terrorizmga qarshi kurashuvchi davlat organlari tomonidan noqonuniy deb tan olinadi. Xalqaro pul o’tqazmalar tizimida komissiya to’lovi 5-10%ni tashkil etsa, Islom banklari orqali pul o’tqazmalari komission to’lovi 1-2%ni tashkil qiladi.
Islom banklarida ijaraga olish shartlari
Islom banklari tamoyiliga asosan ijaraga beruvchi ijaraga berilgan aktivlar bilan bog’liq bo’lgan risklar uchun javob beradi. Ijaraga oluvchi esa ushbu obyektdan foydalanib u orqali daromad qilayotganligi uchun ijara haqini to’laydi. Lekin ko’p hollarda ushbu bitim shartlari buzilishi ko’p kuzatiladi. Ijaraga berilgan obyektga biror bir ziyon yetganda ijaraga beruvchi javobgarlikni olmaydi ammo ijara haqi o’z vaqtida to’lanishi talab qilinadi.
Yana bir munozarali holatni ko’radigan bo’lsak, ayrim hollarda mijoz tovarnni bank orqali shartnima tuzmasdan oldin sotib oladi va murabaha tovarni qayta sotib olish asosida amalga oshiradi. Bu esa shariat tamoyillariga ziddiyat yuzaga keltiradi. Negaki, Shariat tamoyillaridan kelib chiqqan holda avval bank tovarni sotib olishi va keyin uni mijozga to’lovni kechiktirish sharti bilan sotishi kerak bo’ladi.
As-Sarf nima?
As-sarf so’zi arab tilidan olingan bo’lib, “Valyutalarni ayirboshlash” degan ma’noni anglatadi. Ko’pchilik Islom huquqi olimlari fikricha, Valyuta operatsiyalari shariat talablariga zid emas. Negaki, Valyuta ayirboshlovchilar bir joyning o’zida o’zlari oladigan valyutani o’sha vaqtda oladilar va bunda muddatni kechiktirib to’lashga yo’l qo’yilmaydi. Chunki Pulni kechiktirib to’lash sudxo’rlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |