211. Bani Isroildan so‘rang: (ey, Muhammad) ularga qanchalab ochiq
mo‘‘jizalar berdik ekan! Kim Allohning ne’mati kelganidan so‘ng, uni o‘zgartirar
ekan, bas albatta Alloh jazosi qattiq zotdir.
212. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar uchun bu hayoti dunyo chiroyli qilindi. Ular
iymon egalarining ustlaridan kuladilar. Holbuki, qiyomat kunida taqvodor
kishilar ulardan balanddir. Alloh o‘zi istagan kishilarga hisobsiz rizq beradi.
213. Odamlar bir millat edilar. So‘ng (oralarida kelishmovchiliklar paydo
bo‘lgach), Alloh (mo‘minlarga) xushxabar eltguvchi va (kofirlarni jahannam
azobidan) qo‘rqituvchi payg‘ambarlarini yubordi, va ularga qo‘shib odamlar
orasida chiqqan tortishuvlarga hakam bo‘lsin, deb Haq kitobni (Tavrot, Injilni)
nozil qildi. Endi ochiq oyatlar kelganidan keyin, faqat shu kitob berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |