Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili 303-guruh talabasi Raufova Marjonaning O’zbek terminologiyasi va leksikografiya fanidan tayyorlangan taqdimoti “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy” “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”
Diqqatni jamlang!
Mamluklar davlatida (1250-1517) turk sultonlarining yurtga egaligi tufayli turkiy tilga e’tibor katta edi. Bu kezlarda arablarning turkiy tilni o‘rganishi uchun grammatik asarlar va lug‘atlar, turli qo‘llanmalar yaratilgan. Arablarga turkiy tilni (qipchoq tilini) o‘rgatish uchun yozilgan asarlardan biri “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”dir (qisqa qilib “Tarjumon”deb ham ataydilar). Asarning muallifi aniq emas. Kitob Misrda yoki Suriyada yaratilgan deya taxmin etiladi. - Mamluklar davlatida (1250-1517) turk sultonlarining yurtga egaligi tufayli turkiy tilga e’tibor katta edi. Bu kezlarda arablarning turkiy tilni o‘rganishi uchun grammatik asarlar va lug‘atlar, turli qo‘llanmalar yaratilgan. Arablarga turkiy tilni (qipchoq tilini) o‘rgatish uchun yozilgan asarlardan biri “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”dir (qisqa qilib “Tarjumon”deb ham ataydilar). Asarning muallifi aniq emas. Kitob Misrda yoki Suriyada yaratilgan deya taxmin etiladi.
Fanda “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”ning bitta qo‘lyozmasi ma’lum. Xalil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘naviy hijriy 643 (melodiy 1245) yili ko‘chirgan ushbu qo‘lyozma kunimizda Gollandiyaning Leyden Akademiyasi kutubxonasida (Leiden, Warner N° 517) saqlanmoqda. - Fanda “Kitob-i majmu-i tarjumon-i turkiy va ajamiy va mug‘aliy”ning bitta qo‘lyozmasi ma’lum. Xalil bin Muhammad bin Yusuf al-Ko‘naviy hijriy 643 (melodiy 1245) yili ko‘chirgan ushbu qo‘lyozma kunimizda Gollandiyaning Leyden Akademiyasi kutubxonasida (Leiden, Warner N° 517) saqlanmoqda.
Ikkinchi qismda fe’llarning tinglovchiga bo‘yruq ko‘rinishlari, ulardan masdar yasalishi va so‘zlarning kelasi zamonda qanday turlanishi haqida (korgil, kirgil, oldurgil, ciqargil, awlagil, acqil singari). Bular alifbo tartibida berilgan (“alif’ harflilar, so‘ng “b”, “t”, “s” harflilar va shu singari).
Uchinchi qism fe’llarning tuslanishiga bag‘ishlangan. Unda tinglovchi va o‘zgaga buyruqning hosil qilinish yo‘llari, fe’lning o‘tgan, kelasi va hozirgi zamon ko‘rinishi qanday hosil qilinuvi to‘g‘risidagi grammatik qoidalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |