215. Sizdan (ey Muhammad), nimalarni ehson qilishni so‘raydilar. Ayting:
«Qanday yaxshilik qilsangiz, ota-onaga, qarindosh-urug‘ga, yetim-miskinlarga
va yo‘lovchi-musofirlarga qilingiz. Qanday yaxshilik qilsangiz, shubhasiz Alloh
uni bilguvchidir».
216. Sizlarga yoqmasa-da, jang qilishingiz farz qilindi. (Zotan) sizlar o‘zingiz
uchun yaxshi bo‘lgan narsani yoqtirmasligingiz va siz uchun yomon bo‘lgan
narsani yaxshi ko‘rishingiz mumkin. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.
217. Sizdan «shahri harom» — urush harom bo‘lgan oyda jang qilish haqida
so‘raydilar. Ayting: «U oyda jang qilish katta gunohdir. Allohning yo‘lidan
to‘sish, Unga ishonmaslik va Masjid-al-haromdan (ya’ni Makkadan) to‘sish va
undan ahllarini quvib, chiqarish. Alloh nazdida ulug‘roq gunohdir. Fitna
(aldash) o‘ldirishdan-da kattaroq gunohdir. Ular (kofirlar) qo‘llaridan kelsa to
Do'stlaringiz bilan baham: |