78. U (Xizir) aytdi: «Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi men seni
sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning ta’vili (sharhi)dan ogoh
qilurman.
79. Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan (yuradigan) miskin-
bechoralarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qo‘ymoqchi bo‘ldim. (Chunki)
ularning (kemadagilarning) ortida (ko‘zlab ketayotgan manzillarida) barcha
(butun) kemalarni talon-toroj qilib, tortib olguvchi bir podshoh bor edi.
80. Haligi bolaning esa ota-onalari mo‘min kishilar edilar. Bas, biz u (bola)
tug‘yon va kufr bilan ularni qiynab qo‘yishidan qo‘rqdik.
81. Shu sababdan, ularga Parvardigor (bola)dan ko‘ra pokizaroq, undan ko‘ra
mehribonroq (boshqa bir bolani) badal-evaz qilib berishini istadik.
Do'stlaringiz bilan baham: |