71. Bas, ikkov yo‘lga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizir
kemani) teshib qo‘ydi. (Muso) aytdi: «Uni odamlarni g‘arq qilish uchun
teshdingmi?!»
72. U (Xizir) dedi: «Aniqki, sen men bilan birga sabr qilishga hargiz toqating
yetmas, demaganmidim?!»
73. (Muso) aytdi: «Unutganim sababli, meni ayblamagin va bu ishim uchun
meni mashaqqatga duchor qilmagin».
74. So‘ng yana yo‘lga tushdilar. To borib bir bolaga ro‘baro‘ bo‘lganlarida
(Xizir) uni o‘ldirdi. (Buni ko‘rgan Muso) dedi: «Birovni o‘ldirmagan bir begunoh
jonni o‘ldirding-a. Darhaqiqat, (sen) buzuq ish qilding!»
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
256
Do'stlaringiz bilan baham: |