57. Parvardigorining oyatlari bilan pand-nasihat qilingach, ulardan yuz
o‘girgan, o‘zi qilib o‘tgan gunohlarini unutib qo‘ygan kimsadan ham zolimroq
kim bor?! Darhaqiqat, Biz (Qur’onni) anglamasliklari uchun ularning dillarini
pardalab, quloqlarini og‘ir qilib qo‘ydik. Demak, agar siz ularni hidoyat — haq
yo‘lga chaqirsangiz ham hargiz hidoyat topmaslar.
58. Parvardigoringiz mag‘firatli, mehr-shafqat sohibidir. Agar ularni (kofirlarni)
qilgan gunoxlari bilan ushlaganida, ularga azobni naqd qilgan bo‘lur edi. Yo‘q,
ular uchun va’da qilingan bir vaqt (Qiyomat) borki, (u vaqtda Allohdan) o‘zga
biron pushtipanoh topa olmaslar.
59. Ana u shaharlarni (ularning aholisini, ular) zulm qilishgach, halokat
vaqtlarini aniq belgilab (ya’ni, payg‘ambarlaringizga itoat qilmasangizlar, halok
Do'stlaringiz bilan baham: |