83. (Ey Muhammad), yana sizdan Zul-qarnayn haqida so‘raydilar. Ayting: «Endi
men sizlarga u haqdagi xabarni tilovat qilurman».
84. Darhaqiqat, Biz unga (Zul-qarnaynga) bu Yerda saltanat – hukmronlik
berdik va (ko‘zlagan) barcha narsasiga yo‘l-imkoniyat ato etdik.
85. Bas, u (avval G’arbga qarab) yo‘l oldi.
86. To (ketayotib) kun botadigan joyga yetgach u (quyoshning) bir loyqa
buloqqa botayotganini ko‘rdi va u (buloq) oldida bir qavmni uchratdi. Biz: «Ey
Zul-qarnayn, yo (ularni) azobga duchor qilursan, yoki ularga yaxshi
muomalada bo‘lursan», dedik.
87. U aytdi: «Zolim bo‘lgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. So‘ngra
Parvardigoriga qaytarilgach, U zot uni yana dahshatli azob bilan azoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |