bo‘lib chiqqan narsa – toza sut bilan sug‘orurmiz.
67. Sizlar mast qilguvchi (aroqni) ham, go‘zal — halol rizq(ning o‘zini) ham
xurmo va uzumlarning mevalaridan olursizlar. Albatta, bunda ham aql
yuritadigan qavm uchun oyat-ibrat bordir.
I z o h.
Ushbu sura nozil qilingan paytda hali aroq harom qilinmagan edi. Chunki aroq
Madinada nozil bo‘lgan «Moida» surasining 90-oyatida harom qilingan, bu sura esa
hijratdan ilgari Makkada nozil bo‘lgan edi.
68. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz asalariga vahiy — amr qildi: «Tog‘larga,
daraxtlarga va (odamlar) quradigan inlarga uya solgin.
69. So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson-qulay qilib
qo‘ygan yo‘llardan yurgin!» Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon
Do'stlaringiz bilan baham: |