rangli ichimlik – asal chiqur. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun
oyat-ibrat bordir.
70. Sizlarni Alloh yaratgandir. So‘ngra joningizni ham Uning O’zi olur.
Sizlarning orangizda (yoshlikdagi go‘zal-totli hayotdan keksalik paytidagi) eng
tuban kun ko‘rishga (ya’ni, o‘z-o‘zini boshqara olmaydigan holatga) qaytarilib,
ilgari bilgan narsalarining barchasini unutib yuboradigan kishilar ham bordir.
Albatta, Alloh bilguvchi va qudratlidir.
71. Alloh ayrimlaringizdan ayrimlaringizni rizqda ustun qilib qo‘ydi. Bas, bu
(rizqda) ustun qilingan kishilar o‘zlarining rizqlarini qo‘l ostidagi qullariga
qaytarib (boy-kambag‘allikda) barchalari barobar bo‘lib olmaydilar-ku!
(Shunday bo‘lgach, qandoq qilib barchaga rizqu ro‘z ato etguvchi Tangri
Do'stlaringiz bilan baham: |