89. (Qiyomat kuni) har bir ummat orasidan o‘zlaridan bo‘lgan bir guvohni
(ya’ni, payg‘ambarni) keltirurmiz. Sizni esa (ey Muhammad), ana u (o‘z
ummatingizga) guvoh qilib keltirdik va sizga — hamma narsani bayon qilib
beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun xushxabar bo‘lgan Kitobni –
Qur’onni nozil qildik.
90. Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga
yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan
qaytarur. U zot shoyad ibrat-eslatma olarsizlar, deb sizlarga pand-nasihat qilur.
91. Ahd-paymon bergan vaqtlaringizda, Allohga bergan ahdingizga vafo
qilingiz! Allohni kafil qilib ichgan qasamlaringizni (Alloh nomini zikr etish bilan)
mustahkam qilganingizdan keyin buzmangiz! Albatta, Alloh qilayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: |