amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz.
97. Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshi amal
qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan
amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz.
98. (Ey mo‘min bandam), har qachon Qur’on qiroat qilsang, albatta quvilgan —
mal’un shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘ragin!
99. Albatta, iymon keltirgan va yolg‘iz Parvardigorlariga tavakkul qiladigan
zotlar ustida (shayton) uchun hech qanday saltanat –hukmronlik yo‘qdir.
100. Uning (shaytonning) hukmronligi faqat (uni) do‘st tutib, (Alloh)ga sherik
qilib oladigan kimsalar ustidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |