85. Zolim (kofir) bo‘lgan kimsalar azobni ko‘rgan vaqtlarida (ya’ni, qiyomat
kunida) ulardan (u azob) yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas (ya’ni,
barcha yaxshi amallarni hayot vaqtlarida O’z ixtiyorlari bilan qilgan kishilargina
savob olurlar).
86. (U kunda) mushrik bo‘lgan kimsalar o‘zlarining butlarini ko‘rgan vaqtlarida:
«Parvardigoro, bizlar Seni qo‘yib, anavi butlarimizga iltijo qilar edik»,
deganlarida, u (butlar bunga javoban): «Sizlar, shak-shubhasiz,
yolg‘onchidirsizlar», deb gap qotarlar.
87. Ular u Kunda yolg‘iz Allohga bo‘yinsunurlar, o‘zlari to‘qib olgan «xudo»lari
esa ulardan g‘oyib bo‘lur.
88. Kofir bo‘lgan va (odamlarni) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarga
buzg‘unchilik qilganliklari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |