Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet306/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Uning huzurida g'ayb ilmi bormidiki, u (undan kelajakni) ko'ra olsa?!




  1. Yoki (u) Muso sahifalaridagi narsalardan bexabarmi?!




  1. Yoki vafodor zot - Ibrohimning (sahifalaridan) hammi?!




  1. (Ularda yozilgan ediki:) hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jonning) yukini (gunohini)

ko'tarmas.



  1. Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina (mansub) bo'lur.




  1. Uning qilgan sa'yi (harakati) yaqinda (Qiyomatda) ko'rinur.




  1. So'ngra u to'la jazo (yoki mukofot) olur.




  1. Albatta, oxirgi manzil yolg'iz Rabbingiz oldiga (bormoqlik)dir.




  1. Albatta, kuldirgan ham, yig'latgan ham Uning O'zidir.




  1. Albatta, o'ldirgan ham, tiriltirgan ham Uning O'zidir.




  1. U erkak va ayol - juftlarni yaratgandir




  1. shitob chiqadigan nutfa (maniy)dan.




  1. Albatta, (o'lganidan so'ng) ikkinchi bor paydo qilish ham faqat Uning zimmasidadir.




  1. Albatta, boy qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning O'zidir.




  1. Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning O'zidir.



Izoh: She'ro - U samoda javzo yulduzidan keyin ko'rinadigan yulduz bo'lib, Xuzoa qabilasi unga sig'inar edilar.



  1. Haqiqatan, U avvalgi Od (qabilasi)ni halok etdi.




  1. Yana Samud (qabilasi)ni ham. Bas, (ulardan birortasini tirik) qoldirmadi.




  1. Yana U ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgan edi). Chunki ularning o'zlari o'ta zolim va tug'yonga ketgan kimsalar edilar.




  1. Yana U zot ostin-ustin bo'lgan qishloqni (Lut qavmini) ham (halok etgan).




  1. Uni o'ragan narsa (yog'ilgan toshlar) bilan o'rab tashladi.




  1. Bas, (ey, inson,) Parvardigoringning qaysi ne'matlari haqida shubha qilursan?!




  1. Bu (Muhammad) ham avvalgi ogohlantiruvchilardan bir ogohlantiruvchidir.




  1. Yaqin bo'luvchi (Qiyomat) yaqin qoldi.




  1. Uning uchun Allohdan o'zga ochuvchi (biluvchi) yo'qdir.




  1. (Ey, mushriklar,) hali sizlar mana shu So'zdan (Qur'ondan) ajablanayapsizlarmi?!




  1. Yig'lamasdan, kulayapsizlarmi?!




  1. G'ofillik hollaringda-ya?!




  1. Bas, Allohga sajda va ibodat qilingizlar! (Sajda oyati)

QAMAR SURASI

Qamar - oy. Surada oyning ikkiga bo'linib, mo''jiza yuz bergani haqida oyatlar bo'lgani uchun nomi shunday ataladi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Qiyomat yaqinlashdi. (Mana) oy ham bo'lindi.




  1. Agar ular (Quraysh kofirlari biror mo''jiza ko'rsalar,) yuz o'girurlar va "(Bu) davom etayotgan sehr- ku!" derlar.



Izoh: Makka mushriklari Payg'ambar (a. s.)ga "Agar osmondagi oyni ikkiga bo'lsang, senga ishonamiz", - dedilar. Rasululloh (s. a. v) Allohdan iltijo qilib so'raganlarida, shu mo''jiza yuz bergan. Lekin baribir ular buni ham sehrga yo'yganlar va kufru shirklarida davom etganlar.



  1. Ular (payg'ambarni) inkor etdilar va havoyi-nafslariga ergashdilar. Har bir ish qarorini topuvchidir.




  1. Ularga (tarixiy) xabarlar kelgan va ularda (yovuzlikdan) taqiq bor edi.




  1. (U) yetuk hikmat bo'lsa-da, ogohlantirishlar foyda bermadi.




  1. (Ey, Muhammad,) endi Siz ulardan yuz o'giring! Chaqiruvchi (Isrofil) notanish bir narsaga (hisob- kitobga) chaqiradigan Kunda




  1. (ular) ko'zlari (qo'rquvdan) quyiga boqlg'an hollarida, go'yo to'zigan chigirtkalar kabi qabrlaridan chiqib kelurlar!




  1. Chaqiruvchi tomoniga shoshganlaricha borar ekanlar, kofirlar: "Bu og'ir Kundir", - derlar.




  1. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi ham (Uni) inkor etgan edi. Ular bandamiz (Nuh)ni yolg'onchiga chiqarishib: "(U) bir majnun", - dedilar va u (payg'ambarlik ijrosidan) to'sib qo'yildi.




  1. Shunda u Parvardigoriga: "Men mag'lubdirman, yordam qilgin!" - deb duo qildi.




  1. Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyiluvchi suv bilan ochib yubordik.




  1. Yana yerdan buloqlar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo'yilgan bir ish uzra uchrashdilar.




  1. Uni (Nuhni) esa taxtalaru mixlar yasamasida (kemada) ko'tardik.




  1. U (kema) Bizning "ko'zlarimiz" o'ngida (himoyamizda) suzar. (Bu) inkor qilingan kishi (Nuh) uchun mukofotdir.




  1. Biz uni (To'fon asoratini) bir alomat qilib qoldirdik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!




  1. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday ekan?!




  1. Haqiqatan, Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!




  1. Od (qabilasi ham payg'ambarni) inkor etdi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday

bo'ldi?!



  1. Biz ularning ustiga davomli nahs (shum) kunida bir dahshatli bo'ronni yubordik.



Izoh: Shavvol oyining oxirgi chorshanbasidan boshlab bir hafta.



  1. (U) odamlarni sug'uriluvchi xurmo (daraxti) tanalaridek sug'urib ketar edi.




  1. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday ekan?!




  1. Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!




  1. Samud (qabilasi ham) ogohlantirishlarni inkor etdi.




  1. Bas, aytdilar: "Bizlar o'zimizning oramizdagi bir odamga ergashamizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumrohlik va nodonlikda bo'lurmiz-ku!




  1. Bizlarning oramizdan o'shanga eslatma (vahiy) tashlanibdimi?! Yo'q, u kazzob va kibrlidir".




  1. Ular tongla (oxiratda) kim kazzob va kibrli ekanini bilib olurlar.




  1. Biz ularni sinash uchun bir tuya yuboruvchidirmiz. Bas, (ey,Solih,) sen (ularni) kuzat va (aziyatlariga) sabr qilib tur!




  1. Suvning ular bilan (tuya) o'rtasida taqsimlab qo'yilgani va har bir ichishga (navbat bilan) hozir bo'lish (lozimligi) haqida ularga xabar bergin!




  1. So'ngra ular (Samud qabilasi) o'zlarining bir sheriklarini (tuyani so'yishga) chorlagan edilar, u ishga kirishdi va (tuyani) so'yib yubordi.




  1. Bas, (ularga) Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday bo'ldi?!




  1. Biz ularning ustiga bir qichqiriq yuborgan edik, ular xuddi qo'raning cho'plari kabi (yakson) bo'ldilar.




  1. Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?




  1. Lut qavmi (u keltirgan) ogohlantirishlarni inkor etdi.




  1. Darvoqe, Biz ularning ustiga (toshli) bo'ron yubordik. Illo, Lut oilasigagina (tong) saharda najot berdik.




  1. (Bu) Bizning huzurimizdan bo'lmish ne'matdir. Shukr qilganlarni mana shunday mukofotlaymiz.




  1. (Lut) Bizning (azob bilan) ushlashimizdan ularni (o'z qavmini) ogohlantirgan edi, (ammo) ular ogohlantirishlarga shubha bilan qaradilar.




  1. Ular (Lutning) mehmon(lar)ini yo'ldan urmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularning ko'zlarini ko'r qilib qo'ydik. Bas, Mening azobimni va ogohlantirishlarimni totib ko'ringlar.




  1. Haqiqatan, erta tongda ularga ustivor azob keldi.

  2. Bas, Mening azobimni va ogohlantirishlarimni totib (inkor etib) ko'ringlar.




  1. Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!




  1. Fir'avn zodagonlariga ham ogohlantirishlar keldi.




  1. lar Bizning mo''jizalarimizni inkor etganlaridan so'ng, Biz ularni kuchli va qudratli zot ushlashi bilan ushladik.




  1. (Ey, Makka ahli,) sizlarning kofirlaringiz ana ulardan yaxshiroqmi yoki sizlar uchun (samoviy) kitoblarda oqlov (vasiqasi) bormi?!




  1. Balki, ular: "Biz yenguvchi jamoatdirmiz", - deyishar?!




  1. Yaqinda o'sha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qolurlar.



Izoh: Bu musulmonlarning Badr jangida erishajak g'alabalari haqida bashorat edi.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish