Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet308/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) to'q yashildirlar.




  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!




  1. U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.




  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!




  1. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.




  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!




  1. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.




  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!




  1. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.




  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!




  1. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.




  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!




  1. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar).




  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!




  1. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning ismi barakotlidir.

VOQEA SURASI

Voqea - qiyomat nomlaridan biri.


Surada qiyomat qoyim bo'lganda ro'y beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning oladigan mukofotlari, jannat ne'matlari, do'zax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Qachonki, Qiyomat voqe (qoyim) bo'lganda -




  1. uning voqe bo'lishining yolg'oni yo'qdir -




  1. (u odamlarni) ostin-ustun etuvchidir.




  1. Yer larzaga kelgan,




  1. tog'lar titilib (to'zib),




  1. to'zonga aylangan (bo'lur).




  1. Sizlar esa uch toifa bo'lursizlar.




  1. Bas, (u uchning birinchisi) o'ng tomon egalaridir. O'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!




  1. (Ikkinchi toifa) chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir!



Izoh: Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan yaxshi-yomon amallari yozilgan nomai a'mollari qaysi tarafidan berilishiga qarab taqdiri ma'lum bo'ladi Kitobi o'ng tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir.



  1. (Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o'zib-o'zib ketgan zotlardir.




  1. Aynan o'shalar (Allohga) yaqin zotlardir




  1. noz-ne'mat bog'larida




  1. (O'zib ketganlar) avvalgi (ummat)lardan ko'pchilik,




  1. keyingilar (Muhammad ummatlari)dan esa ozchilikdir.




  1. (Ular oltindan) yasalgan so'rilarda,




  1. yastangan hollarida bir-birlariga ro'baro' bo'lib (o'ltirurlar).




  1. Ustilarida esa mangu yosh bolalar aylanib yururlar




  1. oqar chashmadan olinmish (mayli) qadahlar, ko'zalar va kosalar bilan.




  1. U (may)lardan ularning boshlari ham oqrimas, mast ham bo'lmaslar.




  1. Yana o'zlari tanlab oladigan meva bilan,




  1. ishtahalari tortgan qush go'shtlari bilan ham (aylanib tururlar).




  1. Yana (ular uchun) ko'zlari keng va tiniq hurlar ham bo'lurki,




  1. ular xuddi yopiq marvarid misolidirlar.




  1. (Bu) ular (dunyoda) qilib o'tgan amallarining mukofotidir.




  1. Ular u joyda behuda va gunoh (so'z)ni eshitmaslar,




  1. faqat "Salom-salom" so'zinigina (eshiturlar).




  1. O'ng tomon egalari - o'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!




  1. (Ular) tikansiz butazorlarda,




  1. tizilgan bananzorlarda,




  1. yoyiq soya (osti)da,




  1. oqizib qo'yilgan suv (bo'yi)da,




  1. ko'plab meva (uzra)ki,




  1. (ular) tuganmas va man etilmasdir.




  1. Shuningdek, (ular) baland to'shalgan ko'rpachalar (usti)dadirlar.




  1. Biz ularni (hurlarni) daf'atan paydo qildik (onadan tuqilmadilar).




  1. So'ng ularni bokira qizlar qildik.




  1. (Ular) jozibali va tengqurdirlar.




  1. (Ular) o'ng tomon egalari uchundir.




  1. (O'ng tomon egalari) avvalgi (ummat)lardan ham ko'pchilik,




  1. keyingilaridan (Muhammad ummatlaridan) ham ko'pchilikdir.




  1. Chap tomon egalari - chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir! -




  1. (Ular) Samum (shamoli) va qaynoq suv ichida,



Izoh: Samum - qattiq issiq shamol, garmsel.



  1. qora tutun soyasi ostidaki,




  1. na sovuqdir va na yoqimli.




  1. Ular bundan ilgari (dunyoda) ishratchi edilar.




  1. Yana ulkan gunoh (shirk) uzra ustivor edilar.




  1. Yana aytar edilar: "Bizlar o'lib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?!




  1. Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?!"




  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham




  1. ma'lum Kundagi belgilangan vaqtda, albatta, to'planuvchidirlar!




  1. So'ngra sizlar, ey, (qayta tirilishni) inkor etuvchi gumrohlar,




  1. albatta, (jahannam giyohi) Zaqqum daraxtidan yeguvchi,




  1. undan qorinlarni to'ldiruvchidirsizlar.




  1. So'ng uning ustiga qaynoq suvdan ichuvchi,




  1. (ichganda ham) tashna tuyalar kabi ichuvchidirsizlar.




  1. Mana shu jazo Kunidagi ularning "ziyofat"idir.




  1. (Ey, insonlar,) sizlarni Biz yaratdik-ku! Bas, (yana qayta yarata olishimizni) tasdiq etmaysizlarmi?!




  1. Sizlar (xotinlaringiz bachadoniga) to'kadigan maniy (urug')ni (o'ylab) ko'rdingizmi?




  1. Uni sizlar (inson qilib) yaraturmisizlar yoki Biz yaratuvchimizmi?!




  1. Sizlarning o'rtangizdagi o'limni ham Biz o'lchab qo'ygandirmiz. Bizdan o'zib ketilmas.




  1. Biz (o'rningizga) sizlarga o'xshaganlarni almashtirib qo'yishga hamda sizlarni o'zlaringiz bilmaydigan holat - suratda qayta paydo qilishga ham (ojiz emasdirmiz).




  1. Sizlar ilk bor paydo bo'lishlaringiz (qanday bo'lgani)ni bildingiz-ku! Bas, eslatma olmaysizlarmi?!




  1. Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida o'ylab ko'rdingizmi?!




  1. Uni sizlar undirurmisizlar yoki Biz undiruvchimizmi?!




  1. Agar Biz xohlasak, uni quruq cho'p qilib qo'ygan bo'lur edik, sizlar esa ajablanib qolavergan bo'lur edingiz.




  1. "Bizlar ziyon ko'ruvchilarmiz.




  1. Balki, bizlar (rizqimizdan) mahrumdirmiz" (deb nadomatda qolgan bo'lur edingizlar).




  1. Sizlar o'zlaringiz ichayotgan suvni (o'ylab) ko'rdingizmi?!




  1. Uni bulutlardan sizlar yog'dirdingizmi yoki Biz yog'diruvchimizmi?!

  2. Agar Biz xohlasak, uni sho'r va achchiq qilib qo'ygan bo'lur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!




  1. Sizlar yog'ayotgan olovni (o'ylab) ko'rdingizmi?!




  1. Uning daraxtini sizlar paydo qildingizmi yoki Biz paydo qiluvchimizmi?!




  1. Biz uni (jahannam haqida) bir eslatma va yo'lovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qo'ydik.




  1. Bas, (Ey, Muhammad,) Ulug' Rabbingiz nomini (poklab) tasbeh ayting!




  1. Men yulduzlarning botish joylari bilan qasamyod eturman -





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish