Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bas, osmon va Yerning Parvardigoriga qasamki, albatta, u (va'da) xuddi sizlarning so'zlashingiz kabi



Download 0,82 Mb.
bet304/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Bas, osmon va Yerning Parvardigoriga qasamki, albatta, u (va'da) xuddi sizlarning so'zlashingiz kabi (haq va rost)dir!




  1. (Ey, Muhammad,) Sizga Ibrohimning aziz mehmonlari haqidagi xabar keldimi?




  1. O'shanda ular (Ibrohim) huzuriga kirib: "Salom", - deyishganda, u ham: "Salom. (Bular) notanish qavm-ku", - dedi. .




  1. So'ngra u asta oilasi oldiga chiqib, bir semiz buzoqni (so'yib, pishirib) keltirdi.




  1. Uni ularga yaqin qilib, "(Taomdan) yemaysizlarmi?" - dedi.




  1. (Lekin ovqatga qo'l cho'zishmagach,) ulardan xavfsiray boshladi. (Shunda) ular: "Qo'rqmagin. (Biz farishtalar taom yemaymiz)", - dedilar va (Ibrohimga) bir dono o'g'il (tug'ilishi)

xushxabarini berdilar.



  1. Shunda (Ibrohimning) xotini qichqirgancha keldida, (ajablanganidan) o'zining yuziga urib: "(Axir, men) tug'mas kampir(man)ku!" - dedi.




  1. Ular aytdilar: "Parvardigoring mana shunday, dedi. Albatta, Uning O'zi hikmat va bilim sohibidir".

YIGIRMA YETTINCHI JUZ’
*************************



  1. (Ibrohim) dedi: "Ey, elchilar, yumushlaringiz nedir?"




  1. Aytdilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga) yuborildik.




  1. Loy sopolidan qilingan toshni ular uzra yog'dirishimiz kerak.




  1. Parvardigoring nazdida haddan oshuvchi kimsalar uchun (har bir toshga) belgi qo'yilgan (nomlari yozib qo'yilgan). "




  1. Bas, Biz u joydagi mo''minlardan bo'lmish kishilarni chiqarib yubordik.




  1. U joyda bir xonadondan (Lut xonadonidan) o'zga musulmonlarni topmadik.




  1. Biz (kofirlarni halok qilganimizdan so'ng) alamli azobdan qo'rqadigan zotlar uchun u joyda alomat qoldirdik.




  1. Muso (qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz uni aniq hujjat bilan Fir'avn oldiga yuborgan edik.




  1. U o'z arkoni (davlati)ga suyanib, imon keltirishdan yuz o'girdi va: "(Muso) sehrgar yoki majnun", - dedi.




  1. Bas, Biz uni ham, qo'shinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik (g'arq qilib yubordik). U malomatga loyiqdir.

  2. Od (qabilasi qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, Biz ularning ustiga yaxlit (foydasiz) bo'ronni yuborgan edik.




  1. U (bo'ron) nimaning ustidan o'tsa, albatta, uni (halok etib), xuddi chirigan suyaklardek qilib qo'yar edi.




  1. Samud (qabilasining qissasi)da ham (ibrat bordir). Qaysiki, ularga (man etilgan tuyani so'yib yuborganlarida) "bir vaqtgacha (ya'ni, uch kungacha tiriklik ne'matidan) bahramand bo'lingiz", - deyilgan edi.




  1. Bas, ular Parvardigorning amri (itoati)dan kibr qilishgach, qarab turgan hollarida ularni chaqmoq urdi.




  1. Bas, ular (qochish uchun o'rinlaridan) turishga ham qodir bo'lmadilar va (hech kim tomonidan) yordam beriluvchi ham bo'lmadilar.




  1. (Mazkur qavmlardan) oldin Nuh qavmini ham (halok qilgandirmiz). Chunki, ular fosiq (itoatsiz) qavm edilar.




  1. Osmonni Biz "qo'llar" bilan barpo etdik. Darhaqiqat, Biz qudratlidirmiz.




  1. Yerni esa (yoyib) to'shab qo'ydik. Bas, (Biz) naqadar yaxshi yoyuvchidirmiz!




  1. Sizlar eslatma olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.




  1. (Ey, Muhammad, ularga ayting): "Bas, Allohga (imon keltirish uchun) qochinglar! Albatta, men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan aniq ogohlantiruvchidirman.




  1. Alloh bilan birga yana boshqa iloh bor, demanglar! Albatta, men sizlar uchun U(ning azobi)dan anig' ogohlantiruvchidirman".




  1. Xuddi shuningdek, ulardan (Makka mushriklaridan) avvalgi (kofir)larga (biror) payg'ambar kelsa, ular ham, albatta, uni sehrgar yoki majnun, der edilar.




  1. Ular o'sha (so'z)ni bir-birlariga vasiyat qilib qoldirganmilar? Yo'q! Ular tug'yonga ketgan qavmlardirlar!




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan yuz o'giring! Endi Siz malomat qilinuvchi emassiz.




  1. Eslating! Zero, eslatma mo'minlarga manfaat etkazur.




  1. Men jin va insni faqat O'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.




  1. Men ulardan biror rizq istamasman va ular Meni taomlantirishini ham istamasman.




  1. Zero, Allohning O'zi (barcha xaloyiqqa) rizq beruvchi, quvvat sohibi va qudratlidir.




  1. Bas, zolim (kofir)lar uchun, shubhasiz, xuddi (ilgari o'tgan kofir) do'stlarining nasibalari kabi (azobdan) nasiba bordir. Bas, ular Meni(ng azobimni) qistamay qo'ya qolsinlar!




  1. Bas, kofir bo'lgan kimsalarga va'da quilinayotgan Kunlarida ularning hollariga voy!

TUR SURASI

Tur - tog' nomi. Muso (a. s.) Alloh bilan shu tog'da so'zlashgan. U Misr arab respublikasining Sinay yarim orolida joylashgandir.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Qasamyod etaman Tur (tog'i) bilan,




  1. satrlangan Kitob (Qur'on) bilanki,




  1. (u) ochiq sahifadadir;




  1. yana Baytul-Ma'mur bilan,



Izoh: "Baytul-Ma'mur"ning mazmuni obod uy demakdir. Undan murod osmondagi bir dargohdirkim, beadad farishtalar unga kelib-ketib turadilar. Demak, farishtalar bilan obod uy degani bo'lur.



  1. baland ko'tarilgan tom (osmon) bilan




  1. va to'lqinlangan dengiz bilan-ki,




  1. Rabbingizning azobi, shubhasiz, voqe bo'luvchidir!




  1. Uni daf etuvchi (kuch) yo'qdir.




  1. U Kunda osmon aylanur.




  1. Tog'lar ham (samoda to'zon kabi) sayr qilur.




  1. Ana o'sha Kunda (payg'ambarlarni) inkor etuvchilar holiga voy!




  1. Ular (zalolatga) cho'mib, beparvo o'ynab yuradigan kimsalardir.




  1. U Kunda ular jahannam olovi sari haydalurlar.




  1. Va ularga deyilur): "Sizlar yolg'on deb yurgan do'zax mana shudir.




  1. Qani, bu ham sehrmi yoki sizlar ko'rmayapsizlarmi?!




  1. Unda toblaningiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar- sizlarga barobardir! Sizlar faqat o'zlaringiz qilib o'tgan qilmishlaringiz jazosini olursizlar".




  1. Taqvodor zotlar esa bog'lar va ne'matlar ichradirlar.




  1. Parvardigorlari ato etgan narsalar bilan shod-xurramdirlar. Parvardigorlari ularni do'zax azobidan saqlagandir.




  1. (Ularga aytilur): "Sizlar qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli bemalol yenglar va ichinglar!




  1. Qator so'rilarda yastangan hollaringizda". Biz ularga keng, qora ko'zli hurlarni juft qilib berurmiz.

  2. O'zlari imon keltirib, zurriyotlari ham ularga imon bilan ergashgan zotlarga (o'sha) zurriyotlarini qo'shib, ularga qilgan amallaridan biror narsani ham kamaytirmaymiz. Har bir kimsa o'zi qilgan ishi bilan garovlangandir.




  1. Yana Biz ularni ko'ngillari istaydigan meva va go'sht bilan quvvatlantirurmiz.




  1. Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib (qo'lma-qo'l) qilib ichurlarki, unda na behuda gap va na gunoh ish bo'lur.




  1. Ularning ustida go'yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pok va xushsurat) g'ulomlar aylanib (xizmat qilib) yurar.




  1. Ular bir-birlariga qarab, savol-javob qilishurlar.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish