Alloh ularning yashirgan va oshkora qilgan narsalarini bilib turuvchi ekanini bilmaydilarmi?!
Ularning ichida yozuvni bilmaydigan, faqat xayolot gumonsirabgina yuradigan omiylari ham bor, albatta.
Ammo, o'z qo'llari bilan kitobni yozib, so'ngra uni arzimagan bahoga sotish uchun: "Bu kitob Alloh huzuridandir", - deydigan kimsalarning holiga voy! Bas, o'z qo'llari bilan yozganlari ham, topgan (foyda)lari ham o'zlariga falokat bo'lur.
Ular (yahudiylar) deydilar: "Bizlarga do'zax o'ti sanoqli (oz) kunlardagina tegar". (Ularga) ayting: "Alloh huzurida (shunga) ahd qabul qilganmisizki, Alloh ahdiga xilof qilmasa yoki Alloh nomidan bilmagan narsalaringizni gapirmoqdamisiz?!"
Yo'q, aslo! Kimki yomonlik kasb etsa va o'z gunohlariga botsa, bas, ana o'shalar do'zax ahlidirlar va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Imon keltirib, solih amallarni qilganlar esa, aynan ular jannat ahlidirlar va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Eslang, Isroil avlodidan: "Faqat Allohgagina sig'inasizlar, ota-ona, qarindosh, yetim va miskinlarga yaxshilik qilasizlar, odamlarga shirinso'z bo'ling, namozni mukammal ado eting, zakot bering", - deb ahd olgan edik. Keyin (siz, Isroil avlodi,) ozchilik qismingizdan boshqangiz (ushbu ahddan) yuz o'girdingiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |