XIZMATCHILAR
Xizmatchi to‘g‘risida agar ahloqsiz kishilarga uchratsa, ularni tezda bo‘shatish va
ularning jo‘nsiz bo‘lganlarini uyga yaqinlashtirmaslik kerak. Bunday zhtiyotkorlikni juda
to‘g‘ri ish deb o‘ylayman. Xizmatchilzrni tarbiya qilishni, ularning ishlaridan
foydalanuvchi xo‘ja bo‘lishni istasangiz, ularni juda saylab olingiz. Ular haqida to‘liq
ma’lumot izlangiz. Bundan so‘ng ularni tarbiya etmak, o‘rgatmak to‘g‘risida lutfingizni
sarf etingiz. Xizmatingizga kirgan vaqtlarida ulardan kuta turgan ishlaringizni, yaxshi
ishlashlari uchun oyliklarni ajratib, tayin qilingiz. Ishni yo‘lga qo‘ygandan so‘ng
belgilangan chiziqdan chiqmasliklariga ko‘z tashlab turingiz.
Ikki tarafning o‘rinlari jihatidan xizmatchilarimiz ila bizning oramizda bir ayirma
bordir. Bor, bo‘lishi ham kerak, lekin ularning ham biz singari mashaqqatlarga to‘zimsiz,
naq biz singari kamchilikli bo‘lib, bir loydan yasalgan qarindoshlarimiz ekanini ham
unutmaylik. Shunday bo‘lgach, o‘zimizda bo‘lmagan komilliklarni, o‘zimizning kuchimiz
yetmagan ishlarni ulardan talab qilmaklik to‘g‘ri bo‘lmas. Bir xizmatchingiz betob bo‘lsa,
holini so‘rash uchun tez-tez boringiz, shafqat qilingiz, uni ixlos ila boqingiz, dori keltirib
beringiz, qayg‘uringiz. Uni yupata turgan so‘zlar aytingiz. Bu holda u cheksiz shukurlar
qiluviga amin bo‘lingiz. Agar xizmatchingizning bir zo‘r qayg‘usi bo‘lsa, ota-onasidan,
yaqinlaridan bari vafot etgan bo‘lsa, uning ila birga qayg‘uringiz. Boyligingizga qarab
ora-sira mayda aqchalar beringiz, ishlab bitirish mumkin bo‘lmaslik darajada ko‘p ish
topshirmangiz. Ko‘p vaqt
yurt egasi xotunlar qo‘shgan ishlarini hisoblamaslar, uch kunga
ishlashlik ishni bir kishiga yuklaturlar. Bir sabab ila tanbeh berish kerak bo‘lganda,
yumshoqlik ila, so‘kinmasdan, g‘azablanmasdan hamda urmasdan tanbeh beringiz,
bunday tanbehlaringiz cheksiz foydali bo‘lur. So‘ray turgan narsalaringizni yaxshilik ila
so‘rangiz, topshirgan narsalaringizni hozirlab keltirgan vaqtlarida xushlanganingizni
bildirmangiz. Bir yaxshi ish qilgan vaqtida maqtovchi bo‘lmangiz. Xizmatchilarni
kuzatingiz, lekin zulm va haqorat qilmangiz. Ko‘z oldilariga aqcha qo‘yib, ularni sinashga
tirishmangiz, chunki odamning tabiati juda nozikdir. Ularning va ko‘proq oshpazlarning,
siz uchun sotib olgan narsalarini hisoblab chiqingiz, sizni aldash uchun so‘zlagan
so‘zlariga ishonmangiz. Yanglishishlarini o‘ylangiz. So‘ragan oyliklarini to‘langiz.
Xizmatchilarning oyliklarini bekalaridan kelib so‘rashlari o‘zlari uchun katta bir xo‘rlikdir,
xizmatchilaringizni yotlar oldida hech koyimangiz. Bu qanday ish bo‘lganini bilmagan
do‘stlar, qo‘noqlar oldida ko‘ngilsizlik, xizmatchilar qoshida ham bir xo‘rlikdir. Bir
xizmatchi xotun yonida ayb bo‘lurlik ish qilib, qizarib-bo‘zaruvdan o‘zingizni juda
saqlangiz, undan juda kichik bo‘lsa ham ayblaringizni, kamchiliklaringizni yashiringiz.
Xizmatchi xotunga o‘z jamoalaringiz orasida bo‘lgan ishlarni hech bildirmangiz,
xizmatchilarning hukmi ostida bo‘lay demasangaz, ularga hech bir siringizni fosh
etmangiz. Parvosiz bo‘lmangiz, iltifotli bo‘lingiz, parvosizlik o‘zingizni
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
www.ziyouz.com кутубхонаси
9
bachkanalashtirishga sabab bo‘ladir. Hech bir yosh qiz hech vaqtda xizmatchi xotun ila
o‘yin o‘ynashmasin hamda uning yaqinlaridan bo‘lib so‘zlariga hech bir vaqt quloq
solmasin. Ota-onasi qo‘shmaganda unga ishlar buyurishga kirishmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |