TARTIB ILA ISHLASH HAM TARTIBSIZ ISHLASH
Har narsani o‘rniga qo‘yib, tartib ila ishlashning uch foydasi bordir: zehnni ochar,
vaqtni bo‘sh o‘tkazmas, narsalarni yaxshi saqlar. Tartibsiz ishlashning uch zarari bordir:
ishdan bezmak, sabrsizlik, vaqtning behuda o‘tuvi. O’rni ila ishlash uchun uch yordamchi
kerakdir: havas ila ishlamak, yaxshi qilib ishlashga tirishmak, mohirlik. Tartibsiz, o‘rinsiz
ishlashga ham uch qiziqtiruvchi bordir: shoshqaloqlik, yalqovlik, g‘ofillik. Ko‘proq bir
onadan tug‘ilgan ikki qiz orasida ham bir necha ajab ayirmalar bo‘luvi eshitilmakdadir.
Bulardan biri tongdan avval yuz-qo‘lini yuvib, tahoratni olgandan va namozni o‘qigandan
so‘ng kiyinib-bezangan, bo‘lmasini supurib, changlarini artgan, har narsani o‘z o‘rniga
qo‘ygan. Al-hosil, bir yosh qizning ko‘zi tushib, o‘rnak olarlik bo‘lgani, kichik-kichik turli
ishlarni qilib bo‘lmasida o‘tirgani, yana taralgan va chiroyli turmaklangan sochlarida, har
vaqt toza tutilgan qo‘llarining qizil tusli tirnoqlarida, yangi dazmollangan, qor singari oq
kunduzgi kuylaklarida, kiygan paypoqlari ila tozaligidan yaltillab turgan oyoq kiyimlarida
doim xush islar taratib turgan chechak kabi, har turli ranglari ila ko‘rgan ko‘zlarni hayron
qila turgan kapalakdek cheksiz yoqimlidir.
Ikkinchi qiz esa hamon karavotidan turishga erinib, bir tartibsiz xolda yotadir. Boshni
og‘ir, ko‘zlarini shish qilib, yalqovlik tug‘diruvchi uzoq bir uyqusidan so‘ng, u botil
(behuda, asossiz) fikrlar, foydasiz hayollarga tolur. Turish uchun qimirlab, esnar,
kerishar, suzilar.
Al-hosil, bir zo‘r rohatsizlik sezar, turishga erinib, bir qancha vaqt cho‘zilib yotar. Yuz-
qo‘lini yuvish og‘irlik qilar. Tahorat olishni boshqa vaqtga qo‘yadir. Erinib, nozlanib
paypoqlarini kiyar, yaxshilab kiymaganidan qo‘njlari to‘piqlariga tushadir. Yarmi
so‘kilgan botinkalarini kiyadir, bog‘lashga eringanidan bog‘ichlari yerga sudraladir. Oxiri
ustiga bir kiyim kiyadir, uning ham yenglari gavdasidan ayrilib tushishga yetgan bo‘ladir.
Uy xalqi nonushtaga yig‘ilgan vaqtda sochlari taralmagan, kunduzgi kiyimi kiyilmagan
ko‘yida, parishon qiyofada dasturxon yoniga kelib o‘tiradir. Ota-onasiga va dasturxon
atrofida hozir bo‘lgan qarindoshlariga sochlarining chuvalganini ko‘rsatmaslik uchun
tezda u yer-bu yerda yotganidan g‘ijimlanib, kirdan sarg‘ayib ketgan bir ro‘mol bog‘lab,
kuylagining yirtig‘ini berkitish uchun ham yelkasiga biror narsa tashlab oladir. Mana
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
www.ziyouz.com кутубхонаси
7
shunday kulgili va odatga xilof bir kiyinuv ila stol atrofidagilarga o‘z gavdasini
ko‘rsatadir.
Bu ikki yosh qiz orasidagi farq yolg‘iz kiyinish, ravishu odatlaridagina emasdir.
Shubhasiz, xulqu tabiatlarida va bularga taalluqli hollarda ham bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |