l
=10 m) bosib o‘tganida hamma apparatlar to‘kkan
o‘g‘it
miqdori
q
ni aniqlash kerak. Shu maqsadda, hamma o‘g‘it
o‘tkazgichlar ko‘mgichlardan ajratilib olinadi va ularga xaltachalar
kiydirilib qo‘yiladi. Kultivator o‘g‘itlagichini ishga qo‘shib,
traktorni
l=
10 m masofaga yurgizib, to‘xtatiladi.
Xaltachalarga
tushgan o‘g‘itni tarozida alohida-alohida tortib, o‘g‘it farqi ±10 %
gacha bo‘lsa miqdorlagichlar to‘g‘ri sozlangan hisoblanadi. Bunga
erishilganidan so‘ng,
l
masofada hamma o‘g‘it o‘tkazgichlardan
to‘kilgan o‘g‘it 3-5 marta o‘lchanib, uning o‘rtacha miqdori
q
191
aniqlanadi. Keyin bir gektarga sochilayotgan o‘g‘it miqdori
Q
hisoblab chiqiladi:
Q
=
10000
— q—-
, kg/ga
(61)
n ■
b ■
l
Namunaviy test savollari
1. Qanday maqsadda tirma tishining ko‘ndalang kesimiga turli
shakl beriladi?
2. Qanday maqsadda shudgorlangan yerga tirma
bilan ishlov
beriladi?
3. Tirma tishlarining izlari bir xil oraliqda bo‘lmasa, nimaga
ta’sir qiladi?
4. Tirma tishi ta’sirida tuproq qanday shaklda yumshatiladi?
Uni qayerda e’tiborga olish kerak?
5. Qanday maqsadda o‘yiq disk bilan tuproqqa ishlov beriladi?
6. Diskning hujum burchagi qanday ahamiyatga ega?
7. Disklar oralig‘ida yumshatilmasdan qoladigan do‘ngachalar
balandligi nega cheklanadi?
8. Qanday vaziyatda g‘ildirak toyib yoki sirpanib yumalanadi?
9. Qanday sababga ko‘ra seyalka g‘ildiragining sirpanish
koeffitsiyentini kamaytirishga intiladi?
10. G‘ildirak nuqtalarining
aylanish markazi qanday
joylashgan bo‘ladi?
11. Qanday sababga ko‘ra ayrim g‘ildirak to‘g‘ini oldida
tuproq uyumlanib qoladi?
12. Qanday sababga ko‘ra yirik kesakli yerlarda ishlaydigan
mashina g‘ildiragini diametri kattaroq qoyiladi?
13. G‘ildirak to‘g‘inini eni qanday talabga javob berishi kerak?
14. G‘ildirak diametrining katta-kichik bo‘lishi
qanday omilga
bog‘liq?
15. Yonlanma kuch ta’sirida ishlaydigan g‘ildirak to‘g‘ini
nima bilan farqlanadi?
16. Qanday vaziyatda seyalka miqdorlagichini g‘ildirak
aylantira olmasdan qoladi?
192
17. G‘ildirakning sirpanib harakatlanishini kamaytirish
maqsadida qanday tadbir qilinadi?
18. G‘ildirakning sudrashga qarshiligi qanday omillarga
bog‘liq?
19. Nega pnevmatik
shina kiydirilsa, g‘ildirakning sudrashga
qarshiligi kamayadi?
20. G‘ildirak izining chuqurligi qanday ahamiyatga ega?
21. Qanday vaziyatda freza pichog‘i yupqaroq tuproq
qirindisini oladi?
22. Nega freza pichog‘ining
trayektoriyasi uzaytirilgan
sikoida shaklida bo‘lgani ma’qul?
23. Freza kinematik rejimi qanday ahamiyatga ega?
24. Nega freza pichog‘ining tezligi cheklangan bo‘ladi?
25. Qanday sababga ko‘ra kultivator tishlari parallelo-
grammsimon mexanizm osgichiga osilgani ma’qul hisoblanadi?
26. Kultivator tishining ishlov berish
chuqurligi qanday
o‘zgartiriladi?
27. Qanday maqsadda har qanday mashina pichoqlari sirpanib
kesadigan qilinadi?
28. Nima sababdan sirpanib kesishda pichoq tig‘i go‘yo
o‘tkirroq bo‘lgandek seziladi?
29. Sirpanib kesishga erishish uchun qanday tadbir ko‘riladi?
30. Qanday maqsadda kultivator
tishi prujinasimon ustunga
o‘rnatiladi?
31. Qanday vaziyatda chizel kultivatordan foydalanish ma’qul
bo‘ladi?
32. Nima maqsadda kombinatsiyalashtirilgan agregatlar bilan
tuproqqa sayoz ishlov beriladi?
33. Chopiq kultivatori tishlari orasidagi himoya zona nima
maqsadda qoldiriladi?
34. Chopiq kultivator tishlarining ishlov berish chuqurligi
qanday o‘zgartiriladi?
35. Chopiq kultivatori tishlarining chuqurligi qanday
vaziyatda pog‘onalangan holda o‘rnatiladi?
193