Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana16.04.2022
Hajmi1,63 Mb.
#557782
TuriУчебник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
pulg.diskli.tirma

AB
ikki yelkali richag yorda­
mida bajariladi. Shtanganing yo‘naltirgich 
(10)
dan chiqib turgan 
AS
qismi, tish (3) ni ishlov berish chuqurligi o‘zgarishini cheklaydi.
94- rasm.
Kultivatorning ishchi qismlari osish mexanizmining
sxemasi:
a —
radial; 
b —
parallelogrammsimon;
1 - rama; 2 - tish ustuni; 3 - tish; 4 - tayanch g ‘ildiragi;
5 - k o ‘tarish richagi; 6 - bosuvchi prujina; 7 - jilov; 8 - gray-
dil; 9 - chuqirlikni sozlovchi g ‘ildirakcha; 10 - y o ‘naltirgich;
11 va 12 - parallelogramm tortqilari.
164


Radial usul sodda konstruksiyaga ega, ammo tishning 
tuproqqa botish chuqurligini o‘zgarishi uning yumshatish burchagi 
a ning o‘zgarishiga ham olib kelishi mumkin.
Parallelogrammsimon osish usulida tish 
(2)
o‘rnatilgan 
gryadil (94-b rasm) rama 
(1)
ga 
ABCD
parallelogrammi yordamida 
osiladi. Tish tuproqqa og‘irlik 
Rs
va tuproqning ta’sir kuchi 
Rzx
ta’sirida botadi. Ishlov berish chuqurligi esa tayanch g‘ildiragi (9) 
yordamida sozlanadi. Bu usulda, gryadildagi tishlar qanday 
chuqurlikka o‘rnatilmasin, yumshatish burchagi a o‘zgarmaydi. 
Natijada, ish sifati yuqori bo‘ladi. Shu sababli, g‘o‘za oralig‘iga 
ishlov beradigan kultivatorlarda parallelogrammsimon osish usuli 
qo‘llaniladi.
Parallelogrammning o‘zaro parallel 
AB
va 
CD
tomonlarini 
engashish burchagi a qancha katta bo‘lsa, tishlarning botish 
xususiyati shuncha kamayadi.
Sirpanib kesishni ta ’minlash. Kultivator ishchi qismining 
tig‘i begona o‘t ildizpoyalarini to‘liq kesishi va unga kam kuch 
sarflashi 
uchun 
tishning 
parametrlari 
sirpanib 
kesishni 
ta’minlaydigan qilib qabul qilinadi.
Har qanday pichoqsimon ishchi qism (kultivator tishi, plug 
lemexi, silos maydalaydigan baraban pichog‘i)ni ikki yonli ponaga 
o‘xshatish mumkin (95- 
a
rasm). Bunday ponaning 
ad
va 
be
yonlari 
C
nuqtasida kesishib, 
acb=i
o‘tkir burchagini hosil qiladi. Pona 
tig‘ining ishlashi natijasida 
asv
burchagi yeyilib 
de
yoyini hosil 
bo‘lishi tadqiqotlar natijasida aniqlangan. Pichoqning o‘tkirlangan 
darajasini 
i
burchagi emas, balki 
de
yoyining qalinligi ifodalaydi.
Biron jismni kesganda, pichoqning tig‘i uni ezib, tolalarini uzib, 
bo‘laklaydi va bir-biridan ajratadi. Pichoqning 
ad
va 
be
yonlari esa 
bu bo‘laklarni yon tomonga surib oralarini kengaytiradi. Bu jara- 
yonda bo‘laklar pichoq yonlari bo‘ylab sirpanib, siljish sodir bo‘ladi.
Demak, jismning kesilib ajratilgan bo‘laklari sirpanib, 
siljiydigan 
ad
va 
be
tomonlari pichoqning yonlari, jism 
sirpanmasdan eziladigan 
de
joyi pichoqning tig‘i deyiladi. Jism 
bo‘laklari sirpanib siljishi uchun pichoqning harakat yo‘nalishi (V 
tezligining yo‘nalishi) bilan yonlarga tushirilgan 
N
normal 
(perpendikular) orasidagi burchak p (95-b rasm) ishqalanish
165


burchagi ф dan katta ( p > ф) bo‘lishi kerak. Tig‘ning 
f
nuqtasiga 
tushirilgan normal 
N
va pichoq tezligi 
V
ning yo‘nalishlari bir 
tomonga qaratilgan, bu yerda 
в = 0
bo‘ladi. 
f
nuqtasidan o‘ng va 
chap tomonlarda joylashgan nuqtalar uchun 
в
burchagi o‘sib 
boradi. 
d
va 
e
nuqtalarida p = ф ga yetadi. 
d
va 
e
nuqtalaridan 
yuqoriroq joylarda 
в > ф
bo‘ladi. Demak, pichoqning 
dfe
qismi tig‘ 
bo‘lgani uchun kesilayotgan jism sirpanib siljimaydi. Tig‘ning 
chegarasi 
dfe
yoyning markaziy 2 
ф
burchagi bilan aniqlanadi. 
Tig‘ning qalinligi:
95- rasm.
Pichoq elementlari:
a - charxlanib o ‘tkirlanadigan tig ‘; b - qilovi tushirilgan tig ‘;
1 - qilov; 2 - tig ‘; 3 - pichoq yoni.
5 = 2r
sin^ 
(57)
bu yerda, 
r
— 
tig ‘ning egrilik radiusi, mm.
Pichoq tezligi 
V
ning yo‘nalishi bilan uning tig‘iga o‘tkazilgan 
normal 
N
orasidagi 
в
burchagining miqdoriga qarab, kesish 
jarayoni quyidagi rejimda bajarilishi mumkin:
166


96-rasm.
Kesish turlari:
a - chopib; b - sirpanib; 1 - pichoq; 2 - ildiz (poya).
1. Chopib kesish (в = 0).
2. Sirpanib kesish (в> ф).
3. Sirpanmasdan kesish (0 < в <ф)
Chopib kesishda 
(в = 0)
pichoq 
(1)
ildiz 
(2)
ga tekkan joyda 
uning tig‘iga normal 
N
chizig‘i va pichoqning harakat yo‘nalishi 
V
bir-biriga parallel bo‘ladi (96- a rasm). Ildizpoya tolalarini bir 
vaqtda uzish talab qilinadi, shu sababli, ildizpoya taranglashib 
hamma tolalari birdaniga uzilgunicha tuproq ichida pichoq bilan 
birgalikda harakatlanadi.
Sirpanib kesishda 
(в>ф)
kultivator tishiga duch kelgan 
ildizpoyaga normal bosim 
N
ta’sir ko‘rsatadi (96-b rasm). Agar 
N
kuchi tig‘ga urinma yo‘nalishdagi Nt va harakat (tezlik) yo‘nalishi 
bo‘yicha Nv ga taqsimlansa, Nt = 
N
tgp aniqlanadi. Agar 
N
kuchi 
ishqalanish burchagi 
ф ning 
R
tomoni hamda tig‘ bo‘ylab 
taqsimlansa, ishqalanish kuchi 
F=N tg ф
aniqlanadi. Shartga ko‘ra, 
р>ф bo‘lganligi sababli, tgp > tg ф, ya’ni 
Nt> F
bo‘ladi. Demak, Nt 
va 
F
kuchlarining farqi Nt — 
F
ta’sirida ildizpoya tig‘ bo‘ylab 
sirpanib, to‘liq kesilganicha harakatlanadi va nihoyat, kesiladi.
Sirpanib kesishda kamroq energiya sarflanadi, chunki:
167


1. Sirpanish vaqtida ildizpoyaning tolalarini tig‘dagi g‘adir- 
budurliklar bir vaqtda uzmasdan, oz-ozlab, ketma-ket bo‘laklab 
kesadi.
2. Tig‘ga perpendikular 
asv
kesimidagi 
i
o‘tkirlanish bur- 
chagiga nisbatan 
в
burchagiga burilgan 
eds
kesimidagi 
ic
burchagi 
kamroq bo‘ladi, ya'ni geometrik o‘lchami o‘zgaradi (97- 
a
rasm). 
Pichoq yonlari go‘yo o‘tkirroq burchak ostida charxlangandek 
bo‘ladi.
97- rasm.
Sirpanib kesishda pichoq o‘tkirligining o‘zgarish
sxemasi:
a
— 
o ‘tkirlanish burchagining o ‘zgarishi; b

tig ‘ qalinligi
kamaygandek b o ‘lishi.
3. Agar pichoq (97-b rasm) o‘ziga normal bo‘lgan 
A
— 
A
tekisligi bilan kesilsa, uning tig‘i 
r
radiusli aylananing yoyi 
ko‘rinishida bo‘ladi. Agar pichoq 
A
— 
A
ga nisbatan 
в
burchagiga 
burilgan 
B
— 
B
tekisligi bilan kesilsa, uning tig‘i, cho‘ziq o‘qda 
joylashgan ellipsdek bo‘lib ko‘rinadi. Ellipsning kichik radiusi 
ilgarigi aylananing 
r
radiusidan qamroq bo‘lganligi sababli, 
sirpanib kesishda pichoqning tig‘i go‘yo o‘tkirroq bo‘lib, qirqish 
osonlashadi.
4. 
97-b
rasmda ko‘rsatilgandek, chopib kesishda tig‘ning lo 
uzunlikdagi bo‘lagi lo kenglikdagi ildizpoyalarni kesadi, sirpanib 
kesishda esa lo dan kichik bo‘lgan lp kenglikdagi poyalarni kesadi. 
Ya'ni tig‘ning ma'lum qismi kesadigan ildizpoyalarni solishtirma 
kengligi (miqdori) kamayadi.
168


Yuqorida keltirilgan to‘rtta sababga ko‘ra, sirpanib kesish 
uchun kamroq energiya sarflanadi va bu jarayon turli mashinalarni 
yaratishda e’tiborga olinadi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish