Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

                                           Jacques Dido 
                        
 
              
5 rue  Martineau 
 
 
 
                           Fransiya, Parij  
                                          
                     Paris, France 
 
 
 
 
 
               Urganch 1 
 
     
 
236
 
 
CN-22 shakldagi  
yorliqning yuqori `ismi 
uchun joy
 



 
136
Buyurtmali tartibda yuboriladigan bosma nashrlar joylangan maxsus 
qoplar korxona, tashkilot, va muassasalardan uch nusxada tuzilgan 103-A 
shakldagi alohida ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, unda ular qat’iy ravishda 
mamlakatlar va oluvchilar bo‘yicha yozib qo‘yiladi. Bunday pochta 
jo‘natmalari tegishli xalqaro pochta almashuvining joylariga 16-shakldagi 
yukxat bilan ro‘yxatning bir nusxasini ilova qilib jo‘natiladi. 
Barcha jo‘natiluvchi oddiy va buyurtmali xat-xabarlarga jo‘natish 
oldidan taqvim tamg‘a izi tushiriladi. 
 Buyurtmali pochta jo‘natmalar jadvalda belgilangan muddatlarda 
ishlov berish va jo‘natish uchun 3-shakldagi daftarning oxirgi kvitansiya 
nusxasida tilxat bilan (imzo qo‘yib) yoki nomma-nom yoziladigan, bir 
nusxada tuziladigan 11-shakldagi reestr bo‘yicha jo‘natiladi. 
Buyurtmali pochta jo‘natmalarini qabul qilishda pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlarida aloqa xodimi 
pochta jo‘natmalarining o‘rovlari tozaligiga e’tibor berishi kerak. 
Qabul qilingan xalqaro yozma xat-xabarlar pochta aloqasi 
obyektlari (aloqa bo‘limlari)dan tobeligi bo‘yicha pochta aloqasi 
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)ga jo‘natiladi, u 
yerdan pochta aloqasi hududiy tashkilotlariga yuboriladi. Pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlari, Viloyat markazlari, Toshkent, Nukus shaharlari 
pochta aloqasi obyektlaridan qabul qilingan xalqaro yozma xat-xabarlar 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlariga 
yo‘llanadi. Pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlari 
Xalqaro pochtani yo‘llash bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq xat-xabarlarni 
xalqaro pochta almashuvining tegishli joyiga bir dona pochta jo‘natmasi 
bo‘lsa ham, pochta jo‘natmalari yigindilarida jo‘natiladi. 
Pochta vagonining pochta qutisiga solingan xalqaro yozma xat-
xabarlar sayyor brigada tomonidan poezd yo‘nalishi bo‘yicha birinchi 
viloyat markazi (Toshkent, Nukus shaharlari)da topshiriladi. 
Jo‘natish oldidan xat-xabarlarning to‘g‘ri to‘langanligi, rasmi-
ylashtirilganligi va o‘rovlarning butligi tekshiriladi.  
Xalqaro xat-xabarlar, to‘lovidan qat’iy nazar, respublika ichida 
o‘rnatilgan tartibda va tegishli turdagi transport bilan jo‘natiladi. 
Buyurtmali pochta jo‘natmalar yigindilariga berkitilishidan oldin 
xususiylari mo‘ljallangan mamlakat va berilish raqamini, tranzitlari esa, 
bundan tashqari, berilish joyini ham ko‘rsatib, 11-shakldagi reestrga 
yoziladi. Xalqaro xat-xabarlarni ko‘plab almashtiruvchi pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari 11-shakldagi 


 
137
reestrlar raqamlarini ichki pochta jo‘natmalari reestrlaridan alohida olib 
borishlari mumkin. 
Buyurtmali va oddiy xalqaro yigindilar qabul qilingan joyning 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlaridan 
ichki xat-xabarlar bilan birga qoplarda jo‘natiladi. Qoplarga «Xalqaro 
buyurtmali» belgisi qo‘yilgan 10-shakldagi manzil yorliqlari birikti-
riladi, ularga «Xalqaro» yoki «Xalqaro buyurtmali» belgilari qo‘yiladi. 
Qoplar muhrlanadi yoki plombalanadi. 
Korxona, tashkilot, muassasalardan qabul qilingan xat va 
banderollar 103-A shakldagi ro‘yxatlar bilan pochta jo‘natmalari 
yigindilariga joylanadi. Pochta jo‘natmalari yigindisining raqami ro‘yxat 
raqamiga mos kelishi kerak. Pochta jo‘natmalari yigindilariga ishlov 
berish uchun 11-shakldagi reestr bo‘yicha topshiriladi. 
Qabul qilish joylaridan kam miqdorda qabul qilingan oddiy pochta 
jo‘natmalari buyurtmali pochta jo‘natmalari bilan birga umumiy pochta 
jo‘natmalari yigindilariga berkitilishi mumkin. 
Xalqaro buyurtmali yozma xat-xabarlar solingan jo‘natiluvchi 
pochta jo‘natmalari yigindilari 11-shakldagi reestrga raqamlari bo‘yicha, 
tranzit pochta jo‘natmalari yigindilari esa – ularning raqamlari va 
qaerdan kelayotgani ko‘rsatib yoziladi. Oddiy pochta jo‘natmalari 
yigindilari esa yozilmasdan jo‘natiladi. 
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlaridan 
xalqaro pochta almashuvi joyigacha xalqaro xat-xabarlar pochta 
jo‘natmalari yigindilari va pochta jo‘natmalarining sonidan qat’iy nazar, 
alohida qoplarda jo‘natiladi. 
Xalqaro pochta almashuvi punktlaridan kelgan xalqaro xatlar, 
pochta varaqchalari, banderollar, sekogrammalar va "M" belgili qoplar, 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlariga yo‘llanadi, u yerda ular ichki xat-
xabarlar uchun belgilangan tartibda oluvchilarga keyinchalik topshirish 
uchun manzildagi pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta 
aloqasi obyektlari bo‘yicha saralanadi. Xorijiy davlatlardan keladigan 
"M" belgili qoplarning og‘irligi 30 kg gacha bo‘lishi mumkin. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish