Jakeriya
Jakeriya (Jacquerie, "Jacques
Bonhomme" soʻzidan — "Jak Goʻl" —
dvoryanlar tomonidan dehqonlarga
berilgan kamsituvchi laqab) — Fransiyada
1358 y. mulkdorlarga qarshi koʻtarilgan
dehqonlar qoʻzgʻoloni. J. Yuz yillik urush
(1337—1453) natijasida vujudga kelgan
iqtisodiy tanglik, yollangan askarlarning
talon-toroji va yangi soliqlar solinishi
tufayli kelib chiqqan. Qoʻzgʻolon 28
mayda Bovezi viloyatidan boshlandi. J.
ishtirokchilari, asosan, dehqonlardan
iborat boʻlib, aholining boshqa tabaqalari
ham qatnashgan. Qoʻzgʻolonchilarga
Gilom Kal boshchilik qilgan. Navarra
qiroli Karl 10 iyunda J. rahbarlarini
muzokaraga chaqiradi. Muzokara paytida
G. Kal xiyonatkorona qoʻlga olinib, qattiq
qiynoqlardan soʻng boshi tanasidan judo
qilinadi. Karl qoʻshinlari toʻsatdan
qoʻzgʻolonchi dehqonlarga hujum qilib
ularni tor-mor keltiradi. 20 mingdan ziyod
dehqonlar qirib tashlangan. Rahbarsiz,
uyushmagan va aniq rejasi boʻlmagan J.
yengiladi. U dehqonlarni shaxsiy
qaramlikdan ozod boʻlishlariga imkon
yaratgan.
[1]
Manbalar