119
(119-shaklning orqa tomoni)
Buxoro
dan
posilka
58
- son
(pochta kvitansiyasi)
(jo‘natma turi)
E‘lon qilingan qiymati
5000 so‘m
ustama
to‘lovi
–
so‘m
–
tiyin,
2010 yil 12.04.
da
(yil, kun, oy)
Saida Jo‘raevna Niyozova
nomiga
Navoiy ko‘ch. 6-uy, 12-xonadon
manzili bo‘yicha jo‘natilgan
Toshkent sh. 100011
200
9
y. «
20
»
04
da
Niyozovaga
shaxsan topshirildi
(kimga) ishonchnoma bo‘yicha
Aloqa obyekti rahbarining imzosi
(sex, uchastka)
Majidova
(pochta jo‘natmasi,
pul o‘tkazmasi kelib tushgan
kun taqvim tamg‘a izi)
Qora yo‘g‘on chiziq bilan ajratilgan joyni
jo‘natuvchi to‘ldiradi
(bildirishnoma
jo‘natilgan kun
taqvim tamg‘a izi)
26-rasm. To‘plamli pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalariga
103-shakldagi ro‘yxatni to‘ldirish va rasmiylashtirish namunasi.
103-shakldagi ro‘yxatlar korxona, tashkilot, muassasaning mas’ul
shaxslari, shuningdek ikkinchi shaxs (buxgalteriya, ekspeditsiya,
devonxona va b.)lar tomonidan imzolanadi. 103-shakldagi ro‘yxatlar,
korxona, tashkilot, muassasa nomiga berilgan muhr bilan tasdiqlanadi.
Ichki to‘plamli posilkalar bitta blanka bilan berilganda, 103-
shakldagi ro‘yxat har bir shunday to‘plam uchun uch nusxada, jo‘natish
uchun oldindan to‘langan pul mablag‘i hisobiga jo‘natilganda esa –
to‘rt nusxada tuziladi. Ro‘yxatning bitta nusxasi blankaga qo‘shib
qo‘yiladi. 103-shakldagi ro‘yxatda posilkalarning e’lon qilingan
umumiy summasi chiqariladi. Bu summa blankaga ham yozib
120
qo‘yiladi. Agar bitta blanka bilan aviaposilkalar to‘plami qabul qilinsa,
unda bulardan tashqari posilkalarning umumiy og‘irligi ham
ko‘rsatiladi. Bitta blankada qabul qilingan to‘plamli posilkalar 16-
shakldagi yukxatga raqamdan-raqamgacha va ularning umumiy sonini
ko‘rsatgan holda yozib qo‘yiladi.
Bir blanka bilan topshiriladigan posilkalar guruhiga ishlov berish
va jo‘natish usullari orqali farq qiluvchi (katta o‘lchamli, mayda,
qiymati eng kam ish haqining besh barobaridan ko‘p) posilkalarni bir
vaqtda qo‘shib topshirish man qilinadi.
Aloqa xodimi 103-shakldagi ro‘yxatlar bo‘yicha pochta
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini qabul qila turib, belgilangan talablarni
bajarishdan tashqari, ro‘yxatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilgani, 103-
shakldagi ro‘yxatning birinchi va ikkinchi nusxalarini aynan
o‘xshashligini tekshiradi, pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini
ro‘yxatdagi yozuvlar bilan nomma-nom solishtiradi.
Aloqa xodimi pochta aloqasi hududiy tashkilotining yoki pochta
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning bankdagi
hisob raqamiga yoki pul o‘tkazmasi bo‘yicha hisob raqamiga
mablag‘larni kelib tushganligini hisobxonada tekshiradi.
Agar ro‘yxat bo‘yicha pul o‘tkazmalari qabul qilinsa, u holda,
yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari quyidagilar ham tekshiriladi:
a) ro‘yxat bo‘yicha pul o‘tkazmalari va pochta haqi to‘lovlari
yakuniy summasining to‘lov topshiriqnomasidagi summaga aynan
to‘g‘riligi;
b) 103-shakldagi ro‘yxatda pul o‘tkazmalarini jo‘natuvchi
korxona, tashkilot, muassasaning imzo va muhrlarining mavjudligi;
v) to‘lov topshiriqnomasida bank bo‘limining pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa
bog‘lamasi, pochtamt)ning bankdagi hisob raqami yoki pul o‘tkazmasi
bo‘yicha hisob raqamiga mablag‘larning o‘tkazilganligi bo‘yicha bank
bo‘limining amalga oshirgan operatsiyalari to‘g‘risidagi belgining
mavjudligi;
g) ro‘yxat bo‘yicha summa yakunining pul o‘tkazmalarining
haqiqatdan sanab chiqilgan summasiga to‘g‘riligi;
d) agar ro‘yxatda «Vakolatlangan vakiliga» degan yozuv bo‘lsa,
pul o‘tkazmalari blankalarida ham shunday yozuvning mavjudligi.
Agar to‘lov topshiriqnomasida «Ro‘yxat bo‘yicha» deb
ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda jo‘natuvchi, jo‘natilayotgan pul
o‘tkazmalarining sonidan qat’iy nazar, uni ko‘rsatishi shart. 103-
121
5-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |