Microsoft Word Pochta aloqalari doc


 Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
2.7 Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari 
 
Ustama to‘lov bilan yuboriladigan pochta jo‘natmasi  –  pochta 
aloqasi obyektlari o‘rtasida jo‘natiladigan qiymati e’lon qilingan pochta 
jo‘natmasi, uni topshirayotganda jo‘natuvchi mo‘ljallangan joyning 
pochta aloqasi obyektiga adresatdan u (jo‘natuvchi) belgilagan pul 
mablag‘ini undirish va uni jo‘natuvchining manziliga yuborish uchun 
topshiriq beradi. 
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarining o‘lchovi, og‘irligi va 
o‘rami, ularni qabul qilish va topshirish tartibi qiymati e’lon qilingan 
xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar va qiymati e’lon qilingan 
posilkalarga qo‘yiladigan talablarga javob berishi kerak. 
Ustama to‘lov summasi jo‘natuvchining xohishiga ko‘ra 
belgilanadi, biroq u qiymati e’lon qilingan pochta jo‘natmasining 
haqiqiy summasidan oshmasligi kerak. 
Ustama to‘lov summasi oddiy yoki tezkor (telegraf) pul 
o‘tkazmalari (shoshilinch va oddiy) orqali jo‘natilishi mumkin. 
Ustama to‘lovli qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon 
qilingan banderolga jo‘natuvchi 113-shakldagi oddiy pul o‘tkazmasi 
blankasi yoki 114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasi blankasini 
to‘ldiradi. Ustama to‘lovli qiymati e’lon qilingan posilkaga 117-
shakldagi kombinatsiyalangan blanka (posilka blankasi oddiy pul 


 
114
o‘tkazma blankasi bilan birga) yoki 116-shakldagi blanka va 114-
shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasining blankasi to‘ldiriladi. 
Ustama to‘lovli pul o‘tkazma blankasi talonining orqa tomonida 
jo‘natuvchi ustama to‘lov pochta jo‘natmasining qanday turi uchun 
yuborilishi kerakligini, pochta jo‘natmasi qaerda topshirilgani (pochta 
aloqasi obyektining nomi), jo‘natilgan sanani, pochta jo‘natmasi qaerga 
va kimning nomiga yuborilayotganini ko‘rsatadi. 
Pochta jo‘natmalari bir jo‘natuvchi tomonidan jo‘natilgani va bitta 
oluvchiga manzillanganiga bog‘liq bo‘lmagan holda oddiy yoki tezkor 
(telegraf) pul o‘tkazmasi har bir ustama to‘lovli pochta jo‘natmasi uchun 
alohida tuzilishi kerak. 
Pul o‘tkazmasi blankasida ko‘rsatilgan ustama to‘lov summasini 
oluvchining manzili va nomi pochta jo‘natmasini jo‘natuvchining 
manzili va nomiga mos kelishi kerak. 
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmasini qabul qilishda aloqa xodimi 
quyidagilarni qo‘shimcha ravishda tekshiradi: 
– pochta jo‘natmasida ustama to‘lov summasi va uni jo‘natish 
usuli ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganligini; 
– ustama to‘lov summasi pochta jo‘natmasining qiymati e’lon 
qilingan summasidan yuqori emasligini; 
– ustama to‘lov pul o‘tkazma blankasining to‘g‘ri to‘ldirilganligini 
va uning pochta jo‘natmasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishini. 
Pochta jo‘natmasi 1-shakldagi daftarga yozib qo‘yilganidan so‘ng, 
113-shakldagi pul o‘tkazmasi blankasi taloninnig orqa tomoniga pochta 
jo‘natmasining topshirish raqami qo‘yiladi. 114-shakldagi tezkor 
(telegraf) pul o‘tkazmasidagi yozma xabar berish satriga aloqa xodimi 
qaysi pochta jo‘natmasi uchun ustama to‘lov o‘tkazilganligi, uning 
raqami, sanasi va jo‘natish joyi, pochta jo‘natmasi kimga va qachon 
manzillanganligini ko‘rsatadi. 
Pochta jo‘natmasini qabul qilishda ustama to‘lovli pul 
o‘tkazmasining blankasiga taqvim tamg‘a izi tushirilmaydi. Ustama 
to‘lovli pul o‘tkazmasining blankasi qiymati e’lon qilingan xatga yoki 
qiymati e’lon qilingan banderolga yo‘lda yo‘qolib qolmaydigan ravishda 
mahkamlanadi. 
Agar qiymati e’lon qilingan banderol polietilen o‘roviga o‘ralgan 
holda qabul qilinsa, ustama to‘lovli pul o‘tkazma blankasi pochta 
jo‘natmasi ichi (plenka osti)ga qo‘yiladi. 


 
115
Pochta jo‘natmasi ustama to‘lovli pul o‘tkazma blankasisiz 
olinganda, pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti 
pochta jo‘natmasida ko‘rsatilgan ma‘lumotlar asosida barcha zarur 
axborotlarni to‘ldirib, yangi pul o‘tkazma blankasini tuzishga majbur. 
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarini oluvchiga berishdan oldin 
quyidagilarni bajarish zarur: 
– pochta jo‘natmasi o‘rovida va ustama to‘lovli pul o‘tkazmasida 
ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni solishtirish; 
– ustama to‘lovli pul o‘tkazmasi blankasidagi talonning orqa 
tomonida barcha zarur ma‘lumotlar ko‘rsatilgan, yo ko‘rsatilmaganini 
tekshirish, agar biror bir ma‘lumotlar bo‘lmasa – ularni kiritish; 
– ustama to‘lovli pul o‘tkazmasi blankasidagi talonning orqa 
tomonida pochta jo‘natmasi topshirilgan sanani ko‘rsatish va imzo 
qo‘yish. 
Polietilenga o‘ralgan ustama to‘lovli qiymati e’lon qilingan 
banderol oluvchi ishtirokida ochiladi, undan ustama to‘lovli pul 
o‘tkazma blankasi olinib, tekshiriladi va zarur bo‘lib qolganda 
rasmiylashtiriladi. 
Korxona, tashkilot va muassasalarga yo‘llanadigan 22-shakldagi 
xabarnomalarda oddiy ma‘lumotlardan tashqari ustama to‘lov 
summalari, ularni jo‘natish uchun to‘lov summasi va jo‘natuvchilarning 
nomi ko‘rsatiladi. 
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalari ustama to‘lovning va 
jo‘natishdagi to‘lov(haqi)ning to‘liq summasi olinganidan so‘ng 
oluvchilarga beriladi. 
Pochta aloqasi obyektining topshirish joyida pochta jo‘natmalari 
og‘irligida farq bo‘lsa, yoki o‘rov, bog‘ichlar, muhrlar, tasmalarning 
nobutunligi joylanmaga kira olishni yuzaga keltirilganligi yoki tashqi 
belgilariga qarab joylanma shikastlangani yohud buzilganini taxmin 
qilish mumkin bo‘lganda, 51-shakldagi dalolatnoma tuziladi va 
oluvchidan pochta jo‘natmasi ochilguniga qadar ustama to‘lov summasi 
hamda jo‘natish uchun haq olinmaydi. 
Ustama to‘lovli pul o‘tkazmalari barcha pul o‘tkazmalari kabi 
qabul qilinadi va rasmiylashtiriladi; bunda oddiy pul o‘tkazmasiga 
berilgan 113-shakldagi talon orqa tomonining to‘g‘ri to‘ldirilgani va 
talonga ustama to‘lovli pochta jo‘natmasini bergan aloqa xodimining 
imzosi bor-yo‘qligi qo‘shimcha ravishda tekshiriladi. 5-shakldagi 
kvitansiyaning «Alohida belgisi» satriga qisqa qilib «Ustama to‘lov» 


 
116
so‘zi yoziladi, «To‘lov» satrida esa ustama to‘lovni jo‘natishdagi to‘lov 
summasi ko‘rsatiladi. Pullarning qabul qilib olinganligi to‘g‘risidagi 
kvitansiya pochta jo‘natmasini oluvchiga beriladi, topshirilgan pochta 
jo‘natmasiga tegishli xabarnomada esa aloqa xodimining imzosidan 
so‘ng ustama to‘lovli pul o‘tkazmasining raqami va uning jo‘natilgan 
sanasi haqidagi belgi qo‘yiladi. 
Pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi 
obyektlarining rahbarlari belgilangan tartibda har kuni ustama to‘lov 
summasining o‘z vaqtida va to‘liq jo‘natilishini tekshiradi. 
Ustama to‘lovli pochta jo‘natmalarini topshiriladigan kunda yoki 
keyingi kunda pul o‘tkazmalari jo‘natilmay qolganligi aniqlanganda, 
kechikish sabablarini aniqlash va bunday kamchiliklarni bartaraf etish 
choralari ko‘riladi. Suiiste’mol qilish hollari aniqlanganda aybdorlar 
javobgarlikka tortiladi. 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish